Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1002/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   998   999   1000   1001   1002   1003   1004   1005   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
bo‘yicha ilk xalqaro tadqiqot o‘tkazildi [4]. Tadqiqotda respublikamizdagi 180 ta maktabda 
tahsil oluvchi 5948 nafar 4-
sinf o‘quvchilari hamda ularning ota
-onalari, maktab direktorlari 
va sinf rahbarlari ishtirok etdi. 2023-yil 16-mayda Boston kolleji va IEA qoshidagi TIMSS va 
PIRLS xalqaro tadqiqot markazi PIRLSning 2021-yilgi xalqaro hisoboti natijalarini ommaga 
e’lon qiladi. Ushbu so‘nggi PIRLS sikli COVID
-19 tufayli maktablarning yopilishi va darslarning 
to‘xtatilishi fonida ma’lumotlarni to‘plash uchun yagona xalqaro keng ko‘lamli tadqiqot bo‘ldi. 
Mamlakatimizning PIRLS tadqiqotida ishtirok etishidan maqsad quyidagi bir qator 
savollarga javob olishdir: 

O‘zbekistonlik boshlang‘ich sinf bitiruvchilari 
boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga 
nisbatan qay daraj
ada yaxshi o‘qiydilar?

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari o‘qish savodxonligining qaysi darajasiga ega?

To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘qishni yoqtiradimi?

O‘
qish savodxonligini rivojlantirushda 
oilaning o‘rni qa
nday? 

Bugungi kunda mamlakatimiz maktablarida savodxonlikka o‘rgatish jarayoni qanday 
tashkil etilgan? 

O‘zbekistonda savodxonlikka o‘rgatish jarayoni boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘ziga 
xos xususiy
atlarga egami va agar shunday bo‘lsa,
bu xususiyatlar 
nimalarda ko‘zga tashlanadi? 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari foydalanadigan o‘qitish usullari boshqa mamlakatlardagi 
o‘qituvchilar qo‘llaydigan usullardan farq qiladimi?
Tadqiqot doirasida 4- sinfni 
tamomlayotgan o‘quvchilarning o‘qish 
sifati sinovdan 
o
‘tkaziladi, chunki mazkur to‘rtinchi yil bolalar rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi –
bu 
vaqtga kelib o‘quvchilar o‘qish savodxonligini shu darajada egallashi kerakki, bu malaka ta’lim 
olishning keyingi bosqichi uchun asosiy vositaga aylanishi zarur. 
PIRLS tadqiqotlari o‘quvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari paytida va maktabdan 
tashqarida eng ko‘p ishlatiladigan o‘qishning ikki turini baholaydi:

adabiy o‘qish borasida tajriba orttirish maqsadida o‘qish;

ma’lumotni o‘zlashtiris
h va undan foydal
anish uchun o‘qish.
Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va axborot matnlarini o‘qishda 
o‘qish qobiliyatlari to‘rt guruhda baholanadi:

aniq shaklda berilgan ma’lumotlarni topish;
- xulosalarni shakllantirish
- axborotni sharhlash va umumlashtirish; 
- matnning mazmuni, til xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish va baholash. 
4-
sinf o‘qish va savodxonlik darslarida tadqiqot materiallaridan muntazam foydalanish 
natijasida olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, to‘rtinchi sinf o‘quvchilari
ning 38 foizi 
nafaqat matndan ma’lumotni o‘qishni, balki ushbu ma’lumotni jiddiy aqliy qayta ishlashni 
talab qiladigan o‘ta murakkab darajadagi savollarga javob bera oladilar. Ular 800
-1000 
so‘zdan iborat matnlarni bemalol o‘qiydilar, mazm
unini tushunadilar va sharhlay oladilar. 
PIRLS xalqaro baholash mashqlaridan savodxonlik darslarida foydalanish natijalari 
shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich 4

sinf o‘quvchilarining matnlarni o‘qish, bu matnlardan 
shaxsiy tajriba va bilimlarini oshirish maqsadida foydalanish borasida tayyorgarligi nisbatan 
past. 
Xalqaro testning individual topshiriqlarini bajarish bosqichi tahlil qilinganda o‘quvchilar 
duch kelgan ba’zi qiyinchiliklar aniqlandi. Xususan, natijalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 
har qanda
y ma’lumotni aniqlashtirish kerak bo‘lganda matnga murojaat qilish odatining 
shakllanmaganligi ikkita tipik muammoga olib keladi: birinchidan, o‘quvchilar matnda 
keltirilgan ma’lumotlarni va o‘zlarining shaxsiy tajribal
ari asosida egalik qiladigan 
ma’lumot
larni (taxminan 37%) yaxshi farqlamaydilar va, ikkinchidan, matndagi 
ma’lumotlarni taxminan, noaniq o‘zlashtirish bilan cheklanadilar (taxminan 26%). Bolalarga 


917

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   998   999   1000   1001   1002   1003   1004   1005   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin