Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə997/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   993   994   995   996   997   998   999   1000   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
ekanligini ko‘rsatdi. 32% o‘qituvchilar esa, sertifikatlash jarayonidan yo o‘tmagan, yoki 
qatnashmagan.
Biz qandaydir xalqaro attestatsiya yoki sertifikatlash haqida emas, balki davlat 
standartlari doirasida o‘qituvchilar uchun odatiy tartib haqida gapiryapmiz. Bu raqamlar 
tashvi
shga soladi, chunki o‘qituvchilarning malakasi va kasbiy mahorati ta’lim sifatini 
ta’minlashning asosiy sharti ekanligini hamma yaxshi biladi

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, oxirgi vaqtlarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
salbiy munosabatlarning shov-
shuvli holatlari ko‘payib bormoqda. Balki avval ham shunday 
bo‘lgandir, lekin hozir o‘zbek xalqining so‘nggi 3
-4 yil ichida internet mal
akalariga ega bo‘lishi 
va oshkoralikning rivojlanishi tufayli bu holat yaqqol ko‘zga tashlanyapti. Hozirgi kunda 
i
jtimoiy tarmoqlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga jismoniy va psixologik 
tajovuzlar; o‘quvchi, o‘qituvchi va ko‘pincha ota
-ona
lar o‘rtasidagi salbiy munosabatlar 
haqidagi videoroliklarni ko‘ryapmiz. 
Jamiyatdagi bahs-
munozaralar shuni ko‘rs
atadiki, bular bitta maktabdagi alohida 
holatlar emas, balki ko‘plab maktablarda uchrayotgan xodisalar. Ma’lumki, kimlardir sukutda, 
o‘qituvchini jismoniy jazo o‘tkazish huquqiga ega deb hisoblab, oshkora qilmay “Go‘shti 
sizniki, suyagi bizniki”, 
- deb ind
amay o‘tadi, kimdir maktabni almashtiradi va yana kimdir 
esa, holatni ijtimoiy tarmoqlarda oshkora etadi.
Muammoning yana bir tarafi, yangi a
vlodning xususiyatlaridir. “Men qila olmayman”, 
“Men xohlamayman”, “Menga bu nima uchun kerak?”, 
- degan savollarg
a zulm va qo‘pollik 
orqali singdirilgan bilim hech qachon o‘zlashtirilmaydi va foyda bermaydi. Bundan tashqari, 
doimiy tanbeh berish o‘qishga qiziqishni o‘ldiradi va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. O‘quvchilarni haqorat qiladigan, kamsitadigan, o‘quvchilar o‘rtasida nosog‘lom 
munosabatlar o‘rnatadigan, ulardan foydalanib, nafaqat baholarni, balki bolaning shaxsiyatini 
kamsitadigan 
o‘qituvchilar doim bo‘lgan. Qanchadan qancha insonlar yoshlik chog‘ida maktab 
davrida olgan ruhiy jarohatlarini u
lg‘ayganida psixolog va kouchlar yordamida hal 
qilishganini eshitamiz. 
Zamon tez o‘zgarmoqda, ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar hayotimizga
kirib 
kelayotgan yangi texnologiyalar, tabiiy kataklizmalar, yangi ilmiy izlanishlar natijalari 
oqibatida yuzaga 
kelmoqda. Undan tashqari, bolalarning har 5 yilda o‘zgarishini ham 
ko‘ryapmiz. Hozirda avlodlar nazariyasiga asoslanib, bolalarning ta’lim ta
rbiyasiga mutlaqo 
boshqacha yondoshuv talab etilmoqda. Ammo ta’lim tizimi, uning inertsiyaliligi sababli, juda 
sek
in o‘zgarib bormoqda. Xuddi shu o‘qituvchilar bundan 20, 30 yil avval o‘zlarini yagona 
ma’lumot manbai va bolalarni o‘qitishda asosiy figura d
eb hisoblagan holda dars 
berishmoqda. Bunday emasligini hammamiz bilamiz va tushunamiz.
O‘qituvchining “bilim beruvchi” maqomidagi vazifasi uzoq vaqt mobaynida asosiy 
bo‘lgan bo‘lsada, endi ular murabbiy va kouch funktsiyasiga o‘tishi kerak. Lekin, tafakk
urni
o‘zgartirish oson emas, u 

og‘riqli, vaqt talab qiladigan va kuch sarflanadigan jarayon. 
O‘qituvchi kasbi doimiy ravishda o‘sishni, yangi bilimlar asosida kasbiy 
kompetentsiyalarini takomillashtirishni talab etadi. Shuning uchun biz eski bilimlarni 
o‘rganishga qiziqmaydigan o‘quvchilar va zamonaviy voqelikka moslasha olmaydigan 
o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda inqirozni ko‘ramiz.
O‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy tadqiqotlar asosida 
o‘rganilganida, eng ta’sirligi, maktab jamoasida o‘quvchining kelajakda muvaffaqiyatli inson 
bo‘lishiga ishonchning mavjudligi ekanligi isbotlangan. Demak, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga 
munosib ta’lim berish uchun qanchalik qiziquvchan va mas’uliyatli bo‘lishi kerakligini 
tasavvur qilish qiyin emas. 
Milliy ta’limdagi muammolarni hal qilish mumkinmi?
Zamonaviy texnologiyalar yuzaga kelishi barcha 
sohalarda o‘zgarishlarga olib keldi. 


912

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   993   994   995   996   997   998   999   1000   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin