www. kokanduni.uz ekanligini ko‘rsatdi. 32% o‘qituvchilar esa, sertifikatlash jarayonidan yo o‘tmagan, yoki
qatnashmagan.
Biz qandaydir xalqaro attestatsiya yoki sertifikatlash haqida emas, balki davlat
standartlari doirasida o‘qituvchilar uchun odatiy tartib haqida gapiryapmiz. Bu raqamlar
tashvi
shga soladi, chunki o‘qituvchilarning malakasi va kasbiy mahorati ta’lim sifatini
ta’minlashning asosiy sharti ekanligini hamma yaxshi biladi
.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, oxirgi vaqtlarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi
salbiy munosabatlarning shov-
shuvli holatlari ko‘payib bormoqda. Balki avval ham shunday
bo‘lgandir, lekin hozir o‘zbek xalqining so‘nggi 3
-4 yil ichida internet mal
akalariga ega bo‘lishi
va oshkoralikning rivojlanishi tufayli bu holat yaqqol ko‘zga tashlanyapti. Hozirgi kunda
i
jtimoiy tarmoqlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga jismoniy va psixologik
tajovuzlar; o‘quvchi, o‘qituvchi va ko‘pincha ota
-ona
lar o‘rtasidagi salbiy munosabatlar
haqidagi videoroliklarni ko‘ryapmiz.
Jamiyatdagi bahs-
munozaralar shuni ko‘rs
atadiki, bular bitta maktabdagi alohida
holatlar emas, balki ko‘plab maktablarda uchrayotgan xodisalar. Ma’lumki, kimlardir sukutda,
o‘qituvchini jismoniy jazo o‘tkazish huquqiga ega deb hisoblab, oshkora qilmay “Go‘shti
sizniki, suyagi bizniki”,
- deb ind
amay o‘tadi, kimdir maktabni almashtiradi va yana kimdir
esa, holatni ijtimoiy tarmoqlarda oshkora etadi.
Muammoning yana bir tarafi, yangi a
vlodning xususiyatlaridir. “Men qila olmayman”,
“Men xohlamayman”, “Menga bu nima uchun kerak?”,
- degan savollarg
a zulm va qo‘pollik
orqali singdirilgan bilim hech qachon o‘zlashtirilmaydi va foyda bermaydi. Bundan tashqari,
doimiy tanbeh berish o‘qishga qiziqishni o‘ldiradi va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi
mumkin. O‘quvchilarni haqorat qiladigan, kamsitadigan, o‘quvchilar o‘rtasida nosog‘lom
munosabatlar o‘rnatadigan, ulardan foydalanib, nafaqat baholarni, balki bolaning shaxsiyatini
kamsitadigan
o‘qituvchilar doim bo‘lgan. Qanchadan qancha insonlar yoshlik chog‘ida maktab
davrida olgan ruhiy jarohatlarini u
lg‘ayganida psixolog va kouchlar yordamida hal
qilishganini eshitamiz.
Zamon tez o‘zgarmoqda, ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar hayotimizga
kirib
kelayotgan yangi texnologiyalar, tabiiy kataklizmalar, yangi ilmiy izlanishlar natijalari
oqibatida yuzaga
kelmoqda. Undan tashqari, bolalarning har 5 yilda o‘zgarishini ham
ko‘ryapmiz. Hozirda avlodlar nazariyasiga asoslanib, bolalarning ta’lim ta
rbiyasiga mutlaqo
boshqacha yondoshuv talab etilmoqda. Ammo ta’lim tizimi, uning inertsiyaliligi sababli, juda
sek
in o‘zgarib bormoqda. Xuddi shu o‘qituvchilar bundan 20, 30 yil avval o‘zlarini yagona
ma’lumot manbai va bolalarni o‘qitishda asosiy figura d
eb hisoblagan holda dars
berishmoqda. Bunday emasligini hammamiz bilamiz va tushunamiz.
O‘qituvchining “bilim beruvchi” maqomidagi vazifasi uzoq vaqt mobaynida asosiy
bo‘lgan bo‘lsada, endi ular murabbiy va kouch funktsiyasiga o‘tishi kerak. Lekin, tafakk
urni
o‘zgartirish oson emas, u
-
og‘riqli, vaqt talab qiladigan va kuch sarflanadigan jarayon.
O‘qituvchi kasbi doimiy ravishda o‘sishni, yangi bilimlar asosida kasbiy
kompetentsiyalarini takomillashtirishni talab etadi. Shuning uchun biz eski bilimlarni
o‘rganishga qiziqmaydigan o‘quvchilar va zamonaviy voqelikka moslasha olmaydigan
o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda inqirozni ko‘ramiz.
O‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy tadqiqotlar asosida
o‘rganilganida, eng ta’sirligi, maktab jamoasida o‘quvchining kelajakda muvaffaqiyatli inson
bo‘lishiga ishonchning mavjudligi ekanligi isbotlangan. Demak, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga
munosib ta’lim berish uchun qanchalik qiziquvchan va mas’uliyatli bo‘lishi kerakligini
tasavvur qilish qiyin emas.
Milliy ta’limdagi muammolarni hal qilish mumkinmi?
Zamonaviy texnologiyalar yuzaga kelishi barcha
sohalarda o‘zgarishlarga olib keldi.