www. kokanduni.uz bizning sobiq jamiyatimizda oddiy hol hisoblanardi. Negaki, o`sha davrda insonlarning haq-
huquqlari ularning qaysidir manfaatlari evaziga himoya qilinardi. Shuningdek, ortiqcha
obro`parastlik va soxta tilyog`lamalik bu o`sha davr insonlariga xos bo`lgan fazilatlarning eng
mashhurlaridan biri bo`lgan.
Asarda tilga olinadigan rais obrazi ham aynan bu jamiyatning markazida turadigan
obrazlardan biri hisoblanadi. Ya`ni, rais o`zining manfaatlarini va mashhurligini ko`zlagan
holda asar qahramoni, mexanizatorga, dakki beradi. Uning ba`zi bir gaplari beixtiyor
kitobxonnni kuldirmasdan qolmaydi. Raisning quyidagi gaplari bunga yaqqol misol bo`la
oladi: “
-O`zingni tut, katta-kichikning oldida sharmanda qilma. Sen bizning mash`alimizsan.
Ha, shundoq, soqolingni kunda olib tur. Dazmol bosilmagan shim kiyma, - deb nasihat qilib
turadi”. Qaysidir ma`noda rais uni o`ylab, ung
a jon kuydirib nasihat qilgan bo`lishi mumkin.
Lekin, bu gaplarning tag zamirida rais o`zining manfatlarini ko`zlab shunday gaplarni
aytayotganini ko`rishimiz mumkin. Shuningdek, yana bir kulgili holat, rais qahramonimizga
dazmollanmagan shim kiymasligini aytishi g`alati. Negaki, oddiy dalada ishlaydigan paxtakor,
mexanizator qanday qilib doim shimini dazmollab yurishi kerak. Bu kimga kerak? Albatta, bu
raisga, kolxozga va osha davr jamiyatiga kerak bo`lishi mumkin. Lekin, boshqalardan ko`ra
ko`proq paxta terib ilg`or bo`lganligi asar qahramonining aybi emasku, u o`zining sevgan
ishidan ko`ra ko`proq bekorchi narsalarga vaqt sarflaydigan darajada. Afsuski, bu jamiyat
tuzumi shuni taqazo etadi va yakunda bir oddiy mehnatkash odam o`sha jamiyatning shunday
illatlari girdobiga tushib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.
Normatov, Umarali. O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
Q. Yo`ldoshev va boshqalar Adabiyot (6-sinf).
–T.: “O`qituvchi” , 2000.
3.
O`zLib kutubxonasi. 2010-2014-yillar
4.
Saylanma. [3 j.li], 1982;
5.
Tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000.
6.
Adabiyot. 6-sinf uchun darslik. / S. Ahmedov, R.Qo`chqorov, Sh.Rizayev.
–
Toshkent:
“Ma`naviyat”, 2017