www. kokanduni.uz huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror
toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan
majburiyatlarga hurmat bilan qarash” [2]. g‘oyas
i mustahkamlab q
о‘yilgan bо‘lib, ayni paytda
mamlakatimizda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga
о‘tish pallasidagi jtimoiy, siyosiy
hayotimizda aynan shu g‘oyalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Barchamizga ma’lumki, bugun rivojlanib borayotgan yangi O‘zbekistonda yangicha
qarashlar, turfa xil fikrlar, yangidan-
yangi islohotlar ko‘lami tobora ken
gayib bormoqda.
Tabiiyki, bu borada eng avvalo hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf
-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va
san’at, fan va ta’lim rivojining
yuksalib borayotganligi bilan bog‘liq ekanligini alohida
ta’kidlash joiz. “Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko‘z o‘ngimizdan
o‘tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlar
iga bevosita daxldor dolzarb masalalarni hal
qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab
tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan
hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-
qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak”
[3]. Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan
ijtimoiy-
siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o‘ziga xos
qonuniyat asosida kechganini ay
tish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mi
rziyoyev tashabbusi bilan boshlangan dadil o‘zgarishlar jamiyatimiz, davlatimiz
rivojlanishining yangi mafkurasi, o‘zgacha paradigmasini belgiladi. Ko‘p yillar mobaynida
mamlakat rivojiga xos bo‘lgan sustkashlik, turg‘unlik, ko‘ndalang turgan vazifalarni
bajarmasdan, ularni paysalga solish, muammolar va ziddiyatlarni berkitish siyosatiga barham
berildi. Ilgari deyarli bo‘lmagan ijtimoiy, siyosiy hayot paydo bo‘ldi, ommaviy axborot
vositalari jonlandi
, fuqarolik jamiyati faollashmoqda. Eng muhimi, odamlar o‘
z erkinligi va
huquqlarini anglamoqda, ularda daxldorlik hissi va jamiyat taqdiri uchun mas’uliyat oshib
bormoqda.
Ayni paytda bu mezonlarning umumbashariyat e’tirof etayotgan xalqaro mezonlar bilan
nihoyatda uyg‘unligini qayd etib о‘tish о‘rinli. Prezidentimiz “Milliy tiklanishdan –
milliy
yuksalish sari” g‘oyasini ilgari surar ekanlar, milliy tiklanish o‘zligimizni anglash, millliy
davlatchiligimiz asoslarini qaytadan barpo etish bosqichi ekanligini, bu bosqich mustaqillik
ostonasida va istiqlolning dast
labki davrlarida muhim о‘rin tutganligini, endilikda
O‘zbekistonni o‘z tarixiy, svilizatsion o‘rnini yangidan tiklash, o‘zbek xalqining genetik insoniy
salohiyatiga monand taraqqiyot darajasini ta’
minlash, Uchinchi Renessansni barq urish davri
kelganligin
i alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022
-2026-yillarga
mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-60-son
far
monida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish
asosiy vazifa sifatida yoritilgan. Shu o‘rinda fikrimizning amaliy isboti sifatida “2022
-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash
va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida ham aynan “IHT, IRSIKA,
AYSESKO, YUNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari
va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekisto
n
–
Uchinchi Renessans” shiori ostida
xalqaro konferensiya
, simpozium va anjumanlar tashkil etish”, “Buyuk ajdodlarimizning boy
ilmiyma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan
allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop
risolalar
yaratish”, “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy
-
ma’naviy merosini keng targ‘in qilish
maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil
tarjimasini amalga oshirish,ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish, buyuk