www. kokanduni.uz parchalar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu asardan parcha boshlang‘ich sinf
“Tarbiya” darsliklarining muqovasida uchraydi, holos. Bu haqida prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr kun
i o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan
nutqida alohida to‘xtalib o‘tgan: “
Hammamizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv
davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni
turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mus
taqil fikriga ega, irodali, fidoyi va
vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu sababli biz birinchi marta umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etmoqdamiz.
Ma’rifatparvar
bobomiz Abdulla Avloniyn
ing asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy
Guliston yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo‘llanmasi sifatida bugungi kunda
ham o‘zining qadri va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini
ishlab chiqishda mana s
hunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”[2,4].
Sharq ta’lim
-
tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq
-odob qoidalari islomiy prinsiplarga
asoslangan, ta’limiy
-
axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy
zaminga bog‘liqdir. Shunday qimmatbaho asarlar ta’sirida yozilgan “Turkiy Guliston yoxud
axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola
tarbiyasining o‘rni haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi yoshlig
ida nafsi buzulib, tarbiyasiz,
axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, Ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub
yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur”,[3,2]
— deydi. Uning fikricha bolalarga tarbiya berishni
yoshlikdan boshlamoq kerak. Tarbiya jarayonida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning
atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. Abdulla Avloniy pedagogikaga “Pedagogiya”,
ya’ni “bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani
yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hamma b
irdek mas’ulyat bilan yondashishi kerakligini
uqtiradi. “
Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh
vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab
o‘sdurmakdur
. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo
qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan,
“poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur”[3,3]
degan fikrlari bilan
tarbiya qiluvchila
rni ya’ni, ota
-
ona, muallimlar, tarbiyachilarni tabiblarga o‘xshatadi .
“Alhosil,
tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidur”[3,5]
degan fikrlari bilan esa tarbiya bir kishining ishi emasligi, balki, butun
jamiyatning ishi ekanligi, bu borada hamma birdek javobgar ekanligini, tarbiya masalasida
befarqlik qilinsa alal oqibat bu jamiyat falokatiga sabab bo‘lishini uqtiradi.
Bundan tashqari
bolaning fikrini erkin bayon eta olishi, tabiyali va bilimli bo
‘lishi uchun badan tarbiyasi
muhum ekanligini aytib o‘tadi:
“ Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur.
Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi
kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa,
yomon xulqlardan
saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq
kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir
vujud kerakdur”[3,5]. Abdulla Avloniyning fikricha bolaning sog‘lom fikrlay olishi uchun
o‘qituvchilar, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda ota
-
onalarni mas’uldir.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida inson xulqlarini yaxshi xulqlar va
yomon xulqlarga ajratadi va bir-birig
a qarshi qo‘yadi: “Yaxshi xulq: bir qismi o‘z nafsimizga,
bir qismini bir-
birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat,
diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi
nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison,
iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va
afvdur”. Yomon xulqlar: Insonlarni saodati abadiyadan mahrum qiladurgan, ja
nobi Haq
qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uc
hun masmum bo‘lgan axloqi