Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə505/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Kalit so‘zlar: 
Tarbiya, axloq, pedogogika, boshlang‘ich ta’lim, innovatsiya, integratsiya, 
metod, hadis, so‘rovnoma, suh
bat, komil inson, konsepsiya. 
Hozirgi shiddat bilan rivojlanyotgan Uchinchi renessans davrida mamlakatimiz 
intellektual salohiyatga ega, erkin fikrlay oladigan, o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida 
ularga tarbiya ham bera oladigan, ya’ni ta’lim va tarbi
yani birgalikda olib borish malakasiga 
ega
, yuksak ma’naviyatli, o‘z tarixidan xabardor oliy ma’lumotli zamonaviy o‘qituvchilarga 
muhtoj. Shu bilan bir qatorda, aynan shunday zamonaviy o‘qituvchilarni tayyorlashni 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan boshl
amoq maqsadga muvofiq. Mamlakatimizning kelajagi 
esa har tomonlama yetuk, erkin fikriga ega yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30-
sentyabrdagi o‘qituvchi va murabbiylar kuniga 
bag‘ishlangan nutqida
pedogoglarga al
ohida ishonch bildirdi: “Men yangi O‘zbeki
stonni 

obod va farovon, demokratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni
professor-
o‘qituvchilarni o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. 
Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga eg
a bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab
-quvvatlash, sizlar uchun 
munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas 
burchim, deb hisoblayman”[1,3].
Xalqni ma’rifatli qilish uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z 
manfaatlari yo‘
lida hech nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor 
bo‘ldilar. Xalqini savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun umrlarini Vatanimiz 
ozodligi va xalqimiz baxt-
saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid ma’rifatparvarlarin
ing ilmiy-
ma’rifiy, adabiy
-
badiiy merosini o‘rganishimiz va kelajak avlodga o‘rgatishimiz davr talabidir. 
Zero, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan Uchinchi Renessans davrida jadidlar ilgari surgan 
ta’lim va tarbiya muammosi har 
doimgidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk jadid bobolarimiz yo‘lidan borgan holda hozirgi ta’lim va tarbiya tizimida ham bir 
qancha islohotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Vazirlar mahkamasining “Tarbiya” fanini 
bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘
risida 422-sonli konsepsiyasi 
tasdiqlanishi fikrimiz dalili bo‘ladi.
Tarbiya darsligining asosiy vazifasi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib 
tarbiyalash ya’ni komil inson tarbiyalashdir. Komil insonlarni tarbiylashda
esa buyuk 
ajdodlarimiz 
qoldirgan ma’naviy me’roslarni o‘qib, o‘rganish, ulardan dars jarayonida dan 
unumli foydalanish, o‘quvchilarda o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish hozirgi 
davr talabi hisoblanadi. Buning uchun esa maktab darsliklarga buyuk bobokolonlarimizning 
asarlaridan parchalar kiritish, hadislardan namunalar keltirish kerak. Ayniqsa buyuk pedogog 
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari hozirgi kun boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari uchun dasturamal bo‘lib hizmat qiladi. “Tarbiya” darslik
lariga ushbu asarlardan 


452

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin