Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə507/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
zamimalar: g‘azab, shahvat, jaholat, safohat, hamoqat, atolat,
 
hasosat, rahovat, anoniyat, 
adovat, namimat, g‘iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq, tama, zulmdur”[3,6
-25]. 
Abdulla Avloniy o‘z ona tilini mukammal bilish, har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish, milliy 
adabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, deydi: “Har bir millatning dunyoda 
borligini ko‘rsataturg‘on oynai hayoti: til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning 
ruhini yo‘qotmoqdur. Hayhot! Biz
Turkistonliklar milliy tilni saqlamoq, bir tarafda tursin 
kundan-
kun unutmoq va yo‘qotmoqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani 
kamlik, bir chetiga rus tilini yopishtirmoqdadurmiz. Durust, rus tilini bilishimiz kerak, lekin 
o‘z yerinda ishlatmoq va so‘zlamoq lozimdur. Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi qilub, 
aralash-
quralash qilmoq tilning ruhini buzadur. ...Bobolarimizga yetushg‘on va yarag‘on 
muqaddas til va adabiyot bizga h
am kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak, 
yo‘qolganlarini ham topamiz. Yo‘qolsa yo‘qolsin o‘zi boshimga tor edi”,
- deb Yevropa 
qalpog‘ini kiyub, kulgi bo‘lmoq zo‘r ayb va uyatdur”. Avloniy so‘zlashuv odobiga ham alohida 
e’tibor beradi. U so‘zn
ing inson qadr-qimmatini belgilashdagi mohiyatiga yuqori baho berib: 
“So‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurgan tarozusidir. Aql 
sohiblari kishining tilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan 
so‘zidan bilurlar” , —
deydi.
Ilmiy tadqiqot ishida o‘rganilgan i
lmiy, pedogogik va badiiy manbalar tahlili va 
amalyotdagi holatni o‘rganish shundan dalolat berdiki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “Ona 
tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Tarbiya” darsliklariga A.Avloniyning “Turkiy Guliston 
yoxud axloq” asaridan hamda hadislardan namunalar kiritish kerakligi, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga birinchi sinfdanoq iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy tarbiya berib borish, ona tilini 
mukammal o‘rgatish, maktab darsli
klarida hadislardan namunalar kiritish dolzarb 
muammolar ekanligi aniqlandi. Bunda bir qancha adabiyotlar, maqolalar, maktab darsliklari, 
maktablardagi ta’lim jarayonlari, internet manbalari o‘rganib chiqildi. Ilmiy, pedogogik va 
badiiy manbalar tahlili v
a amalyotdagi holatni o‘rganishdan kelib chiqib quyidagi taklif
va 
tavsiyalar berildi. 
1.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda A.Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud 
axloq” asaridan keng foydalanish, darsliklarda hamda darsdan tashqari mashg‘ulotl
arda 
ushbu asardan namunalar keltirish. Binobarin, bu asar boshlang
‘ich sinf o‘quvchilarini 
ma’naviyatini o‘stirishda muhum manba hisoblanadi.
2.
O‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalaridan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf o‘
quvchilariga 
ona tilini mukammal o‘rgatish, keyingi o‘rinlarda chet tillarini o‘rgatish;
3.
Nafaqat o‘quvchilarni balki o‘qituvchilarga ham A.Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud 
Axloq” asarini o‘qishlari kerakligi; (Tadqiqot natijasida 42 % o‘qituvchini b
u kitob haqida 
bilmasligi aniqlandi) 
4.
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Tarbiya” dars
liklariga 
hadislardan namunalar keltirish; 
5.
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Tarbiya” darsliklarida 
keltirilgan tarbiyaviy hikoyalarni hadislar bilan dalillash; 
6.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 1
-sinfdanoq iqtisodiy bilimlar berib borish, buni 
darsliklarga kiritish; 
7.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ilmiy
-metodik tavsiyalar hamda nazariy bilimlar 
bilan qu
rollantirish. Semenar treninglar o‘tkazish. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
ma’naviyatini shakllantirishda ular asosi
y kuch hisoblanadi. 
8.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy 
faoliyatga tayyorl
ashda ularning sharq mutaffakirlari asarlarini o‘rganishlariga alohida e’tibor 
berish. 


454

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin