Hamidullayev Faxriddin Qo’qon Universiteti o’qituvchisi Annatatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy o’yinchoqlarning bola psixikasiga ta’sir
i,
bolalarga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi o’yinchoqlar va bolani stress, qo’rquv holatiga tush
iruvchi
omillar tadqiqot va so’rovnomalar orqali yoritib berilgan hamda bola psixikasini ijobiy
tomonga o’zgartirish uchun tavsiyalar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar : Psixika, stress, qo’rquv,
material, motiv, potensial, dissonans, detailing,
tasavvur, jamiyat, individ.
Bolalarning hissiy dunyosining shakillanishini o’yinchoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular
bolaga o’z his
-
tuyg’ularini aks ettirishiga va dunyoni kashf etishi, hamda o’zini anglab
yetishiga imkon beradi. Bolalarni o’yinlarsiz tasavvur qilishning iloji yo’qligi bois hech qanday
o’yin ham o’yinchoqlarsiz tashkil etilmaydi. O’yin va o’yinchoqlar bolaning atrof
-muhit
haqidagi fikirlarini aniqlashtirishga, aks ettirishga va uning tasavvurini rivojlantirishga
yordam beradi. O’yin, bolalarning mustaqil faoliyati bolani tarbiyalash va o’qitish jarayonida
shakillanganligi, ularning inson faoliyati tajribasini o’rganishiga hissa qo’shadi. O’yin bolalar
hayotini ta
shkil etish shakli sifatida juda muhim ro’l tutadi, chunki u bolaning ruhiyatini,
psixikasin
i va uning shaxsiyatini rivojlantiradi. O’yin va o’yinchoq ajralmas ya’ni bir biriga
uzviy bog’liqdir. O’yinchoq o’yinni hayotga olib kelishi mumkin, va o’yin ba’zan o’yinchoqni
rivojlantirishni talab qiladi. O’yinning motivi jarayonning o’zida yotadi. O’yinga bo’lgan
qiziqish o’yinchoq ya’ni uning bola uchun jozibadorligi bilan belgilanadi. Bu esa o’yinchoq
uchun muhim talab bo’lib, uni bolaning mustaqil, tashabbusk
or faoliyati uchun materialga
aylantiradi. Tashqi tomondan ularning rangi bezovta qilmasligi
kerak. Agar o’yin xonasida
shakllar, miltillovchi narsalar va ranglar ustun bo’lsa. Bolaning psixikasi bardosh bera
olmaydi. Shu bois o’yinchoq uchun asosiy talab har bir yosh davrlarining yangi o’sishi va
rivojlanishi samarali bo’lgan faoliyat turlarining tarqalishiga imkon berishdir ya’ni yoshga oid
masalalarini hal qilshdir.Shunday qilib, o’yinchoqdagi asosiy psixologik talab bolaning yoshga
mos keladigan faoliyatini faollashtirish imkoniyati, bu quyidagilar bilan taminlaydi; bola
uchun o’yinchoqlarning
jozibadorligi, bu o’yinning motivatsion asosini belgilaydi, belgilarning
to’liqligi, yetarliligi va ochiqliligi, o’yin harakatlarining rivojlanayotgan potentsialin
i yaratish;
o’yinchoqning operatsion imkoniyatlari, bolaning mustaqil harakatlarini ta’minla
ydi.
Zamonaviy o'yinchoqlarning hammasi ham yomon emas. Axir, hatto eng yaxshi xalq
ertaklarida ham yaxshi qahramonlar jang qiladigan va g'alaba qozonadigan salbiy
ro’llari
mavjud. Qo'rqinchli o'yinchoqning ma'nosi bolani qo'rquvini yengishga o'rgatishdir. Bunday
qo'rquv o'yinchoqning o'zi kabi shartli va oldindan aytib bo'ladigan bo'lishi kerak. Zamonaviy
o'yinchoqlarning yana bir muammosi shundaki, ularning tashqi va ichki tarkibi aniq
bog'liqlikka ega emas. Masalan, "super qahramon" "nazoratchi" bilan kurashganda, ular faqat
kiyim rangi va ko'krak nishoni jihatidan farq qilishi mumkin. Yoki jirkanch hayvon mehribon
va shirin jonzotga aylanadi. Bunday nomuvofiqlik kichkina bolalarda dissonansni keltirib
chiqaradi, yaxshi va yomon o'rtasidagi, yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi chegara
yo’qoladi.
Qo'rqinchli o'yinchoqlarning zarari, ayniqsa bola "o'z yonida" o'ynay boshlasa,
jazosiz o'yinlarda yomonlik qilishiga imkon bersa juda katta. Bu holda, bolani axloqiy
tarbiyalashga ko'proq e'tibor qaratish, u bilan ko'proq muloqot qilish, bolalarning yaxshi
kitoblarini o'qish va shafqatsiz filmlar va teleko'rsatuvlarni ko'rishni cheklash