Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə558/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
Hamidullayev Faxriddin
Qo’qon Universiteti o’qituvchisi
 
 
Annatatsiya: 
Ushbu maqolada zamonaviy o’yinchoqlarning bola psixikasiga ta’sir
i, 
bolalarga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi o’yinchoqlar va bolani stress, qo’rquv holatiga tush
iruvchi 
omillar tadqiqot va so’rovnomalar orqali yoritib berilgan hamda bola psixikasini ijobiy 
tomonga o’zgartirish uchun tavsiyalar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar

Psixika, stress, qo’rquv,
material, motiv, potensial, dissonans, detailing, 
tasavvur, jamiyat, individ. 
Bolalarning hissiy dunyosining shakillanishini o’yinchoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular 
bolaga o’z his
-
tuyg’ularini aks ettirishiga va dunyoni kashf etishi, hamda o’zini anglab 
yetishiga imkon beradi. Bolalarni o’yinlarsiz tasavvur qilishning iloji yo’qligi bois hech qanday 
o’yin ham o’yinchoqlarsiz tashkil etilmaydi. O’yin va o’yinchoqlar bolaning atrof
-muhit 
haqidagi fikirlarini aniqlashtirishga, aks ettirishga va uning tasavvurini rivojlantirishga 
yordam beradi. O’yin, bolalarning mustaqil faoliyati bolani tarbiyalash va o’qitish jarayonida 
shakillanganligi, ularning inson faoliyati tajribasini o’rganishiga hissa qo’shadi. O’yin bolalar 
hayotini ta
shkil etish shakli sifatida juda muhim ro’l tutadi, chunki u bolaning ruhiyatini, 
psixikasin
i va uning shaxsiyatini rivojlantiradi. O’yin va o’yinchoq ajralmas ya’ni bir biriga 
uzviy bog’liqdir. O’yinchoq o’yinni hayotga olib kelishi mumkin, va o’yin ba’zan o’yinchoqni 
rivojlantirishni talab qiladi. O’yinning motivi jarayonning o’zida yotadi. O’yinga bo’lgan 
qiziqish o’yinchoq ya’ni uning bola uchun jozibadorligi bilan belgilanadi. Bu esa o’yinchoq 
uchun muhim talab bo’lib, uni bolaning mustaqil, tashabbusk
or faoliyati uchun materialga 
aylantiradi. Tashqi tomondan ularning rangi bezovta qilmasligi 
kerak. Agar o’yin xonasida 
shakllar, miltillovchi narsalar va ranglar ustun bo’lsa. Bolaning psixikasi bardosh bera 
olmaydi. Shu bois o’yinchoq uchun asosiy talab har bir yosh davrlarining yangi o’sishi va 
rivojlanishi samarali bo’lgan faoliyat turlarining tarqalishiga imkon berishdir ya’ni yoshga oid 
masalalarini hal qilshdir.Shunday qilib, o’yinchoqdagi asosiy psixologik talab bolaning yoshga 
mos keladigan faoliyatini faollashtirish imkoniyati, bu quyidagilar bilan taminlaydi; bola 
uchun o’yinchoqlarning
jozibadorligi, bu o’yinning motivatsion asosini belgilaydi, belgilarning 
to’liqligi, yetarliligi va ochiqliligi, o’yin harakatlarining rivojlanayotgan potentsialin
i yaratish; 
o’yinchoqning operatsion imkoniyatlari, bolaning mustaqil harakatlarini ta’minla
ydi. 
Zamonaviy o'yinchoqlarning hammasi ham yomon emas. Axir, hatto eng yaxshi xalq 
ertaklarida ham yaxshi qahramonlar jang qiladigan va g'alaba qozonadigan salbiy 
ro’llari 
mavjud. Qo'rqinchli o'yinchoqning ma'nosi bolani qo'rquvini yengishga o'rgatishdir. Bunday 
qo'rquv o'yinchoqning o'zi kabi shartli va oldindan aytib bo'ladigan bo'lishi kerak. Zamonaviy 
o'yinchoqlarning yana bir muammosi shundaki, ularning tashqi va ichki tarkibi aniq 
bog'liqlikka ega emas. Masalan, "super qahramon" "nazoratchi" bilan kurashganda, ular faqat 
kiyim rangi va ko'krak nishoni jihatidan farq qilishi mumkin. Yoki jirkanch hayvon mehribon 
va shirin jonzotga aylanadi. Bunday nomuvofiqlik kichkina bolalarda dissonansni keltirib 
chiqaradi, yaxshi va yomon o'rtasidagi, yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi chegara 
yo’qoladi. 
Qo'rqinchli o'yinchoqlarning zarari, ayniqsa bola "o'z yonida" o'ynay boshlasa, 
jazosiz o'yinlarda yomonlik qilishiga imkon bersa juda katta. Bu holda, bolani axloqiy 
tarbiyalashga ko'proq e'tibor qaratish, u bilan ko'proq muloqot qilish, bolalarning yaxshi 
kitoblarini o'qish va shafqatsiz filmlar va teleko'rsatuvlarni ko'rishni cheklash 


502

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin