www. kokanduni.uz Misol uchun, so'zlar qatori: kitob, ruchka, qalam, deraza.
Ortiqcha so'z: deraza.
O’quv qurollari: kitob, ruchka,
qalam.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini darsga qiziqtirishda yangi pedagogik texnologiyalarni
ng
ahamiyati katta bo’lib, asosan, ko’rgazmali qurollar, turli interfaol o’yinlarni pedagogik
texnologiyalar asosida dars mashg’ulotlari qiziqarli va oson kechadi
.
Biz qo'llayotgan zamonaviy metodlarni zamonaviy axborot vositalari bilan
uyg'unlashtirsak bugungi kun talabiga to'liq javob bergan bo'ladi. Oddiy qog'ozda tarqatmali
materiallar bilan ishlagandan ko’ra, ana shu materiallarni ekranda ko'rsatib, topshiriql
arni
bajartirsak, o'quvchilarda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalari paydo bo’la
di. Bu
esa ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun katta poydevor vazifasini o'taydi. Shu bilan
birgalikda ularda yakka va kichik guruhlarda ishlash, do'stlari bilan jamoa tarzida harakat
qilish kompetensiyalari paydo bo’ladi. Dars qiziqarli, sifatli va un
umli o'tadi, ko'proq bilim
egallashga imkoniyat paydo bo'ladi. Real voqealarga asoslangan mavzuga doir videolar qo'yib
berish orqali o'quvchilarning tezroq dunyoni anglashlariga keng yo'l ochiladi.
Kompyuterning o’yin imkoniyatlaridan didaktik o’yinlar bil
an birgalikda foydalanish
dars jarayonini yanada osonlashtiradi. Darsda olingan bilim, ko’nikma va malakalarning katta
qismi hali kichik yoshdagi o’quvchilar tomonidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda
foydalanilmaydi, ularning amaliy qiymati yo’qoladi va k
uch sezilarli darajada
kamayadi.Olingan bilim va ko’nikmalarni o’yin kompyuteri muhitida qo’llash ularni
o’zlashtirishga va egallashga, motivatsiyaga olib keladi.Yosh o’quvchilarning yuqori hissiylik
darajasi o’quv jarayonining qat’iy doirasi bilan sezil
arli darajada cheklanadi.Komyuterdagi
mashg’ulotlar yuqori hissiy taranglikni qisman bartaraf etishga va o’quv jarayonini
jonlantirishga imkon beradi.[4]
Xulosa q
ilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborot
-kommunikatsiya
texnologiyalaridan, zam
onaviy o'qitish usullaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga,ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda
o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
O‘qit
uvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali
foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyala
ri asosida
tashkil etilishi ta
ʼ
lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.