Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə573/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
3-guruh: salbiy xulq 

kattalar, ota-
onalar va tarbiyachilarning noto‘g‘ri xulqiga 
o‘smirning ko‘r
-
ko‘rona ergashishini ifodalaydi. Uning asosini o‘smirning har qanday tashqi 
munosabatni ochiq, tahlilsiz qabul qilishi, maksimalizmi, haqqoniyatga nisbatan ishonchsizlik 
hissini 
tuyishi, xafaqonlik, o‘ch olishga intilishi tashkil etadi. Buning asosiy sababi –
kattalarda 
o‘smirlar
xulqi, yosh xususiyatlari haqidagi bilimning yetishmasligidadir. 
4-
guruh: o‘smirning o‘zligini noto‘g‘ri anglashi va ongli deviant xulq tufaylidir. Ular 
noan’anaviy xususiy qadriyatlar, me’yorlar, qonun
-qoidalar tizimiga ega. Mahalla, oiladagi 
nomuvofiqli
klarga qaramay, ular o‘zini haq hisoblaydilar. Ko‘pgina psixologlar bunday 
xulqning asosini atrofdagilarning an’anaviy ijobiy bahosidan qoniqmaslik tashki
l etishini 
ta’kidlaydilar (“Meni yaxshi ko‘rishlarini hohlayman”).
5-
guruh: o‘smirlarning noan’anaviy 
xulqi 

bu yoshdagilarga tabiiy ravishda xos bo‘lgan 
jihat hisoblanadi. O‘zini ko‘rsatib qo‘yish, guruhiy xulqda agressiv tajriba –
bularning bari 
jilovla
b bo‘lmaydigan yosh xususiyatlaridir. Bunday vaziyatda buzg‘unchilik, buzg‘unchi g‘oya 
ta’sirida yo‘naltirilgan kuchni ma’naviy
-
ma’rifiy maqbul xulq shakliga aylantirish yagona 
chora hisoblanadi. Psixologiyada bu asosda vujudga keladigan ehtiyojlarni belgilash uchun 
turli nomlar mavjud. Bu kattalarning bahosini olishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga 
va turli qaltis ishlarni bajarish, turli hissiyotlarga berilishga bo‘lgan ehtiyojlardir.
Bolani buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy xavfli xulq
dan asrash, uni ijtimoiy 
foydali faoliyatga jalb etish 

mafkuraviy profilaktikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Ayniqsa 
yaxshi xulqni guruhiy shaklda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga 
qarshi turishga ojiz guruhni aniqlash (x
uquqbuzarlik va jinoyatga moyil o‘smirlar, psixologik 
rivojdan ortda qolganlar, o‘zini ko‘rsatishga intiluvchilar, nobop oilada o‘sgan bolalar, tan 
olinmagan “buyuklar”, kamsitilgan o‘smirlar kabilar) –
maqsadga yo‘naltirilgan profilaktika 
ishlarining ob’e
ktlaridir. 
Insoniyat katta orzu-
umidlar bilan qadam qo‘ygan XXI asr yuksak taraqqiyot bilan bir 
qatord
a diniy ekstremizm, xalqaro terrorizmning hurujlari bilan boshlandi. Ma’lumki, bugungi 
murakkab globallashuv davrida ma’naviyat, ma’naviy tarbiya sohasida
vujudga kelayotgan 
dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa yosh
avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya, mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish, 
ularda yuksak ma’naviy xislatlarni tarkib toptirish muhim 
ijtimoiy- pedagogik, 
muammolardan biri hisoblanadi. Zero, xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, 
tinch-
osoyishta hayot kechirayotgan, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat 
va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida, azaliy qadriyatl
arimizga tayanib, shu bilan birga, taraqqiy 
topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda ozod, erkin va farovon hayotni barpo 
etayotgan sharoitda bu masalaning yanada dolzarbligi hammaga ma’lum bo‘lib qolmoqda.
Shu sababli tarbiya masalasiga bugun Abdu
lla Avloniyning mashhur “Tarbiya biz uchun 
yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo fal
okat masalasidir” iborasini 
ishlatishda mafkuraviy poligonlarda davom etayotgan ko‘rinmas g‘oyaviy kurash ruhini 
ko‘zda tutmoq kerak. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun 
qanchalar muhim va dolzarb bo‘lsa, hozirgi kunda biz
uchun ham shunchalik, balki undan ham 
ko‘ra muhimdir. Bugun O‘zbekiston oilalari yoshlarimiz ongi va qalbida milliy g‘oya va 
mafkurasini singdirish uchun 
kurashning dastlabki asosiy maskani oila bo‘lsa ta’lim 
muassasalari ularning davomchilaridir. 
Zamonam
izning g‘oyaviy tahdidlaridan biri –
terrorizm mafkurasiga qarshi bir yoqadan 
bosh chiqarib kurashish ham mafkuraviy profilaktikaning dolzarb vazifasidir. Davlatimiz 
birinchi rahbari bu masalaga alohida e’tibor bilan qarab, ekstremistlar va qo‘poruvchilar 
yoshlar ongini zaharlab, noo‘rin yo‘llarga boshlaganligini aytib: “Bolalarimizning ongini va 
hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday g‘oyalarga 
qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g‘oyamiz kuchli bo‘lishi 


516

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin