www. kokanduni.uz hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya)
ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot O
ʻ
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
tomonidan O
ʻ
zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi
bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
O'quvchi sinov jarayonning faol qatnashuvchisi bo'ladi, matn ustida mushohada
yuritishadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llashadi. Har bir matn
turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam
beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar,
hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga
oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida
o'qishini ikki turi baholanadi:
1.
O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;
2.
Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish
qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
•
aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
•
xulosalarni shakllantirish;
•
ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
•
mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha,
o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400
–
500 ta,
ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori)
–
O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira
oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi.
Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball)
–
O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi,
matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera
oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
O'rta daraja (475 ball)
–
O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining
ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball)
–
O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan
xabarni ajratib oladi.
PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim
qo'llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1
balldan 3 ballgacha baholanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab
qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan
foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.