683
www.
kokanduni.uz
BOG
‘
CHA YOSHIDAGI BOLALARDAGI PSIXOLOGIK USTUVOR JIHATLAR.
Xursanov Omadbek Ulug
‘
bek o
‘
g
‘
li
Qo
‘
qon universiteti, Ta'lim kafedrasi
psixologiya fani o
‘
qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada, bolaning psixik jihatdan o‘sishda bog‘cha yoshidagi davr
ancha murakkab va jud
a mas’uliyatli davrdir. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha
yoshi davri hisoblanadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati
kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshida bola mustaqil bo‘la olish uchun zarur bo‘lgan ikkita
qudratli kuchga
ega . Birinchidan , ma’lum darajada o‘ziga bo‘ysundirilgan harakat apparatiga
ega. Ikkinchidan esa , atrofidagi katta odamlar va o‘z tengdoshlari bilan bir qadar erkin
muosabatda bo‘la oladigan nutqqa ega . Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalarning
xulq
–
atvorlari, qiziqishlar va ehtiyojlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarnikidan farq
qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, bog‘cha yoshidagi bolalar bilan bog‘chaga tarbiya yoshidagi
bolalar tarbiyasiga ham turlicha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.
Kalit so‘zlar:
Kalit so'zlar: bola, tarbiya, nutq, bog'cha, ijtimoiy muhit, muloqot.
Agar yangi tug‘ilgan hamda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan
tarbiya asosan ularni ovkatlanishi gigienalarini tartibga solish va sezgi organlarini
riv
ojlantirishga qaratilgan bo‘lsa bog‘cha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning
murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari
hosil qilish, nutqlarini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning d
astlabki kurtaklarini
yuzaga keltirishga qaratilgandir. Demak, asosan bog‘cha yoshidan boshlab bolaning bundan
keyingi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual hususiyatlari ham
yuzaga kela boshlaydi.Ana shu sababli ham insonning xar tomonlama kamol topa borishi va
xususan , psixik jihatdan bog‘cha yoshidagi davrida olgan ta’lim tarbiyasiga bog‘liqdir. Bu
haqida N.K.Krupskaya shunday deb yozgan edi: “yosh bolalik chog‘laridan qolgan taasurotlari
juda katta ahamiyatga ega”.
Mashhur rus pedagoglaridan Lestgafning fikricha, insonning boshqa yoshdagi davri
shunday bir davrki, bu davrda unda kelgusida qanday harakter hislatlari paydo bo‘lishi
belgilanadi va axloqiy harakterning asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishda
bog‘cha yo
shidagi davrning ahamiyatiga doir Lestgafning bu fikri buyuk rus pedagogi
A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichiklik
davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari
bolan
ing 5 yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan
ish butun tarbiya prosessining 90 % ni tashkil etadi , degan edi.
Haqiqatdan ham bolaning bog‘cha yoshidagi davri shu qadar mazm
undor va aktiv
davrdirki , bu davr bolaning
kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Lekin bundan
bolaning bog‘cha yoshidagi davri , uning qanday odam bo‘lib chiqishni batamom belgilab
beradi, degan ma’no kelib chiqmaydi . Mana shuning uchun bola sh
axsining shaklllanishi faqat
bog‘cha yoshidagi davr bilangina bog‘lab bo‘lmaydi. Umuman inson o‘z tabiati jihatidan
deyarli butun umri davomida tarbiyalanuvchi mavjudoddir. Lekin har bir odam harakteriga
xos bo‘lgan shaxsiy xislatlarning yuzaga kelishida uning har bir yosh bosqichida olgan ta’lim
tarbiyasini aksi sezilib turadi.
Bog‘cha yoshidagi davr o‘z ta’sir kuchi jihatidan g‘oyat ma’suliyatlidir.
Bola yasli davrini o‘tib, bog‘chaga kelgach , uning yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar
yuz beradi. Bir
inchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, unin
g faoliyat doirasi ancha boshqacha
mazmunga ega bo‘la boshlaydi .
|