www. kokanduni.uz etarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas olmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas
olishning urnini tez nafas olish bi
lan qoplaydilar. Bog‘cha yoshdagilarni boshq
a organlar kabi
ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davrda ham ancha tez davom etadi. Bola ko‘krak
qafasining doirasi yiliga 1-2 smdan kengayib borib, 13-
14 yoshga etganda o‘z shakli va hajm
jihatdan katta o
damlarning ko‘krak qafaslariga yaqinlashadi.
Ko‘krak qafasining torligi va
o‘pkalarning kichikligi tufayli bolalr tez
-tez nafas oladilar.
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida, ya’ni 3 yoshdan 7yoshgacha bo‘lgan davrida nafas
olish miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Biroq bog‘cha yoshidagi davrida bola xadda
n tashqari
harakatchan bo‘lgani tufayli uning organizmi juda ko‘p miqdorda oqsilni talab qiladi. Shuning
uchun bolaning bog‘cha yoshida mumkin qadar ochiq xavoni ta’minlash kerak bo‘ladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asab tizimining o‘sishi. Ma’lumki bola
lar asab
tizimining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davriga to‘g‘ri
keladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi
380
–
400 gramm ke
ladi. Bola bog‘cha yoshiga etguncha uning miyasi g‘oyat kuchli ravishda
o‘sib , deyarli 3 barobar ko‘payadi. Demak , bog‘cha yoshiga etgan bola miyasining og‘irligi
1200 grammga etadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning miyasi faqat xajmi jihatidan ham ancha
murakkablashadi. Masalan: 3 yoshli bola miyasidag
i qo‘zgalishlarni tegishli markazlarga
elituvchi asosiy asab tolalari (asosiy o‘tkazgichlar) mielinizasialashadi, ya’ni bir –
biridan
ajratuvchi yumshok oqimtir modda bilan qilinadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar asa
b tizimining taraqqiyoti davomida bosh miya yarim
sharlari po‘stidagi asab hujayralari tobora murakkablashib boradi. Avval xech qanday
shoxchalarga ega bo‘lmagan asab xujayralari bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi davomida har
tomonlama tarqalib ketgan jud
a nozik shoxchalarga ega bo‘lib boradi.
Nati
jada bosh miya yarim sharlari o‘rtasida muvofiq bog‘lanishlar xosil bo‘lish
imkoniyati orta boradi. Biroq , bog‘cha yoshidagi bolalar markaziy asab tizimlarida deyarli
farq qilmasa ham faoliyat jihatdan ancha farq qiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar oliy asab faoliyatlarining o‘ziga hos xususiyatlaridan yana biri
shuki, tashki muhitdagi biron quzgatuvchining ta’siri bilan yuzaga keladigan qo‘zgalish va
tormozlanish proseslari yosh bolalarniki kabi iradiasiyalanish xususiyatini saqlab qolgandir.
Natijada bog‘cha yoshidagi bola miya po‘stining ma’lum markazida joylashgan boshqa
markazlarga ham keng tarqalib ketadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z
diqqatlarini biron narsaga uzok muddat davomida qarata olmayd
ilar Shuni aytib o‘tish
kerakki, markaziy as
ab tizimining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma bolalarda bir xil temp
bilan davom etmaydi. Bu murakkab teraqqiyot bolalarning individual xususiyatlariga, xususan
yashash
sharoitlariga
ya’ni
oilada
hamda
yasli
bilan
bog‘chada
qanday
tarbiyalanayotganlari
ga bog‘liqdir. Bolaning tarbiyasi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa ,
uning asab tizimi shunchalik normal taraqqiy etadi. Bola asab tizimining taraqqiy etishda
uniing atrofdagi narsa va xodisalar bilan be
vosita va mustaqil munosabatda bo‘lish juda
katta
rol o‘ynaydi. Chunki bunda bolaning asab tizimi aktiv faoliyatda bo‘ladi va binobarin , tez
rivojlanadi shuning uchun bola qanchalik aktivlik bilan tashqi muxitni mustaqil o‘rgansa ,
ya’ni aktiv ravishda ak
s ettirsa uning markaziy asab tizimi ham shunchalik tez
takommillashadi. Mana shu xislatni nazarda tutib , tarbiyachilar bolalarning mustaqil
faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berib borishlari lozim .
Bog‘cha yoshidagi bolalar asab tiz
imining takomillanishi davomida ularning sezgi
organlari, ya’ni analizatorlari ham bora rivojlanib boradi. Sezgi organlari atrofimizdagi
dunyoni bilishda asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususan bog‘cha yoshidagi bolalarga
taa’luqlidir.