www. kokanduni.uz Ikkinchidan, bola bog‘chaga o‘tgach, muayyan asosida mahsus pedagog tomonidan
tarbiyalana boshlaydi.
Bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu
o‘zgarishlar uning psixik jihatdan
o‘sishiga ta’sir etmay qolmaydi. Mana shuning uchun bola bog‘cha yoshidagi davrida faqat
jismoniy jihatdangina o‘smay, balki psixik jihatdan ham taraqqiyotning yana bir yuqori
pog‘onasiga ko‘tariladi. Bog‘cha yoshidagi b
olaning har bir xatti
–
harakatidan uning
mu
staqilligi, nutqning elementar bo‘lsa ham , gramatik jihatdan to‘g‘ri shaklini amaliy
o‘zlashtira boshlaganligi ko‘rinib turadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib
turuvchi hususiyatlaridan yana biri ularning taqlidchanlik va serharakatliklaridir.
Bog‘cha yoshidagi davrida bolalarning naqadar serharakat bo‘lishlari barcha ota –
onalarga tarbiyachilarga ma’lum bu yoshdagi bola butun kun davomida xilma –
xil va tinimsiz
harakat qilish orqali atrofdagi mu
hit va odamlar bilan munosabatda bo‘ladi. Bi
nobarin,
shunday xilma
–
xil harakatlar tufayli o‘z tasavvuri hamda bilim doirasini kengaytirib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi.
Bog‘cha yoshidagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishini
harakterli tomoni shundan
iboratki, bu davr
da ham bolaning tanasi bilan qo‘l
-oyoklari barobar mutanosiblikda
o‘smaydi.Bog‘cha yoshidagi bolalarnig oyoqlari nisbatan ko‘prok o‘sadi.
Biroq, shunga qaramay, 6 yoshgacha bo‘lgan bolaning suyaklari xali yaxshi
qotmagan,
ya’ni tog‘aysimon bo‘ladi. Muskullari ham hali baquvvat bo‘lmaydi.Shuning uchun bog‘cha
yoshidagi bolalar ma’lum muddat davomida qiyshiq o‘tirib qolishlari yoki bo‘lmasa, qaltis
harakat qilishlari orqasida umurtqa suyaklarini qiyshaytirib qo‘yish
lari mumkin. Ana shuning
oldini olish uchun
bu yoshdagi bolalar skeletining to‘g‘ri o‘sishiga aloxida e’tibor berish kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning skeletlari kichik bolalarniki kabi elastik (egiluvchan) bo‘lishga
qaramay, uning asosiy qismlari bu yoshda tez qota boshlab, suyak shakliga kiradi.
Bola 7 yoshga etgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak
qismida esa orqaga tomon ma’lum darajada egilish yuz beradi.Keyinchalik bolaning umurtqa
suyagi mana shu shaklda saqlanib qoladi.Bo
g‘cha yoshida bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi.
3 yoshdan boshlab bosh miya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o‘sadi. Bolaning bosh
suyagi 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda tez o‘sadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlari da
vomida ularning tashqi
qiyofalari va skeletl
ari bilan birga ichki organlari ham ancha tez o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi
bolaning yuragi xajmi jihatdan, chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4-
5 barobar ulg‘aygan
bo‘ladi. Lekin barcha yoshida ular bir qancha marta ulg‘aygan bo‘lsa ham uning muskullari
hali
etarli darajada mustaxkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi
bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun etarli qon siqib chiqara olmaydi. Bog‘cha
yoshidagi bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishini sababi
ham mana shundadir. Chunonchi, agar bir yoshdagi bolaning yuragi 1marta qisqarishda 10,2
kub. santimetr qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi 1 marta qisqarganda 23 kub.
santimetr qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamlarning yuragi esa 60 kub. santimetrdan
ortiqroq qon siqib chiqaradi. Shu narsani ham aytish kerakki, bolaning bog‘cha yoshidagi
davrida qon bosimi biroz kuchayadi. Bu hodisa barcha yoshdagi davrda yurakning nisbatan
kuchli ishlashi bil
an bog‘liqdir.
Ma’lumki, o‘pkaning normal ishlashi va rivojlanishga ko‘krak qafasiga o‘sishi ko‘p
jihatdan ta’sir qiladi. Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasi shakli va elastikligi
bog‘liqdir. Manashu jihatdan kichik yoshdagi va bog‘cha yoshdagi bolalarning ham ko‘krak
qafaslari nafas olish qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik joylashganligi
qisqartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, bog‘cha yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasi vertikal
uzunligini qisqartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, bog‘
cha yoshidagi bolalarning nafas olishlari
ka
tta odamlarning nafas olishlariga nisbatan yuzakirok bo‘ladi. Bolalar o‘pkasining hajmi