Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə755/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   751   752   753   754   755   756   757   758   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
etarli darajada kattalashmaguncha chuqur nafas olmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas 
olishning urnini tez nafas olish bi
lan qoplaydilar. Bog‘cha yoshdagilarni boshq
a organlar kabi 
ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davrda ham ancha tez davom etadi. Bola ko‘krak 
qafasining doirasi yiliga 1-2 smdan kengayib borib, 13-
14 yoshga etganda o‘z shakli va hajm 
jihatdan katta o
damlarning ko‘krak qafaslariga yaqinlashadi.
Ko‘krak qafasining torligi va 
o‘pkalarning kichikligi tufayli bolalr tez
-tez nafas oladilar. 
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida, ya’ni 3 yoshdan 7yoshgacha bo‘lgan davrida nafas 
olish miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Biroq bog‘cha yoshidagi davrida bola xadda
n tashqari 
harakatchan bo‘lgani tufayli uning organizmi juda ko‘p miqdorda oqsilni talab qiladi. Shuning 
uchun bolaning bog‘cha yoshida mumkin qadar ochiq xavoni ta’minlash kerak bo‘ladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asab tizimining o‘sishi. 
Ma’lumki bola
lar asab 
tizimining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davriga to‘g‘ri 
keladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi 
380 

400 gramm ke
ladi. Bola bog‘cha yoshiga etguncha uning miyasi g‘oyat kuchli ravishda 
o‘sib , deyarli 3 barobar ko‘payadi. Demak , bog‘cha yoshiga etgan bola miyasining og‘irligi 
1200 grammga etadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning miyasi faqat xajmi jihatidan ham ancha 
murakkablashadi. Masalan: 3 yoshli bola miyasidag
i qo‘zgalishlarni tegishli markazlarga 
elituvchi asosiy asab tolalari (asosiy o‘tkazgichlar) mielinizasialashadi, ya’ni bir –
biridan 
ajratuvchi yumshok oqimtir modda bilan qilinadi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar asa
b tizimining taraqqiyoti davomida bosh miya yarim 
sharlari po‘stidagi asab hujayralari tobora murakkablashib boradi. Avval xech qanday 
shoxchalarga ega bo‘lmagan asab xujayralari bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi davomida har 
tomonlama tarqalib ketgan jud
a nozik shoxchalarga ega bo‘lib boradi.
Nati
jada bosh miya yarim sharlari o‘rtasida muvofiq bog‘lanishlar xosil bo‘lish 
imkoniyati orta boradi. Biroq , bog‘cha yoshidagi bolalar markaziy asab tizimlarida deyarli 
farq qilmasa ham faoliyat jihatdan ancha farq qiladi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar oliy asab faoliyatlarining o‘ziga hos xususiyatlaridan yana biri 
shuki, tashki muhitdagi biron quzgatuvchining ta’siri bilan yuzaga keladigan qo‘zgalish va 
tormozlanish proseslari yosh bolalarniki kabi iradiasiyalanish xususiyatini saqlab qolgandir. 
Natijada bog‘cha yoshidagi bola miya po‘stining ma’lum markazida joylashgan boshqa 
markazlarga ham keng tarqalib ketadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z 
diqqatlarini biron narsaga uzok muddat davomida qarata olmayd
ilar Shuni aytib o‘tish 
kerakki, markaziy as
ab tizimining taraqqiyoti bog‘cha yoshidagi hamma bolalarda bir xil temp 
bilan davom etmaydi. Bu murakkab teraqqiyot bolalarning individual xususiyatlariga, xususan 
yashash 
sharoitlariga 
ya’ni 
oilada 
hamda 
yasli 
bilan 
bog‘chada 
qanday 
tarbiyalanayotganlari
ga bog‘liqdir. Bolaning tarbiyasi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa , 
uning asab tizimi shunchalik normal taraqqiy etadi. Bola asab tizimining taraqqiy etishda 
uniing atrofdagi narsa va xodisalar bilan be
vosita va mustaqil munosabatda bo‘lish juda 
katta 
rol o‘ynaydi. Chunki bunda bolaning asab tizimi aktiv faoliyatda bo‘ladi va binobarin , tez 
rivojlanadi shuning uchun bola qanchalik aktivlik bilan tashqi muxitni mustaqil o‘rgansa , 
ya’ni aktiv ravishda ak
s ettirsa uning markaziy asab tizimi ham shunchalik tez 
takommillashadi. Mana shu xislatni nazarda tutib , tarbiyachilar bolalarning mustaqil 
faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor berib borishlari lozim .
Bog‘cha yoshidagi bolalar asab tiz
imining takomillanishi davomida ularning sezgi 
organlari, ya’ni analizatorlari ham bora rivojlanib boradi. Sezgi organlari atrofimizdagi 
dunyoni bilishda asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususan bog‘cha yoshidagi bolalarga 
taa’luqlidir.

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   751   752   753   754   755   756   757   758   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin