Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə821/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   817   818   819   820   821   822   823   824   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Tashkilotlar soni
Tashkilotlar soni


749
www.
kokanduni.uz 
TARBIYACHINING NUTQ MAHORATINI TAKOMILLASHTIRIS
H YO‘LLARI
 
 
Hamrayeva Aziza
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va
 
 
psixologiyasi yo’nalishi talabasi,
 
Abdiyeva Fazilat Fayzulla qizi
Nizomiy nomidagi TDPU
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va
 
 
psixologiyasi kafedra o’qituvchisi

 
Annatotsiya:
Xorijiy tajriba
lar asosida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasidagi 
bo’lajak kadrlarni tayyorlashning zamonaviy
ta’lim mazmunini modernizatsiyalash hamda 
talabalar ichki imkoniyatlarini amalga oshirishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar 
yaratishga yo’naltiril
gan 
ta’lim muhitini yaratish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Shuningdek soha tarmog’ini hozi
rgi zamon talab va standartlariga mos ravishda rivojlantirilib, 
ularni rekonstruksiya va modernizatsiyalsh ko’zda tutilgan. Buning zamirida yosh avlodnin

h
ar tomonlama yetuk, ajdodlarimizga munosib voris bo’lib voyaga yetishishlarini 
ta’minlashdek oliy ma
qsadi mujassamlashgan.
Kalit so’zlar: 
tabiat, avlod, jamiyat, atrof muhit,fan-texnika, ekologiya, inson, shaxs, bola 
Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki, insonni 
boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng 
oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur 
mahsullarining hayotga tad
biq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining 
izohli lug’atida “til –
fikr ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, 
so’zlar grammatik vositalar sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodala
sh 
qobiliyati, mahorati” yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi. 
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va 
nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. 
Kaykovus hamma hunarlar ichida so'z hunari - 
notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma 
hunardan so'z hunari yaxshi».Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo'lishini 
ta'kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va o'rganish deb uqtiradi.
Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz 
imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday 
izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nom
aqbul bo'lib chiqsa, 
tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida 
xizmat qiladi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq 
kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.
Til millatning noyob xazinasi bo'lib, doimo og'zaki va yozma holda namoyon bo'lgan. 
Boy, yorqin, maroqli nutq, u kim bo'lishidan qat'iy nazar, inson nuri hisoblangan.
Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo'lib, u bolaning kundalik oddiy salom-
aligidan tortib, kimga nimani, qachon, qaerda va qanday so'zlashigacha bo'lgan barcha nutqiy 
jarayonlarni o'z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash yo'llarini emas, balki 
undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati tarbiyachilarda ijodiylik, 
mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma 
shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini 
tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini 
nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli 
shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr-


750

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   817   818   819   820   821   822   823   824   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin