Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə824/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   820   821   822   823   824   825   826   827   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 

Kalit so’zlar: 
o’
smirlik,intensiv davr, axloq, ideal, axloqiy 

ideal, qarashlar va 
e’tiqodlar,ma’naviyat.
Kirish. 
Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, axloqiy ongining shakllanishi, 
hatti-
harakatlarning yetik normalarini o‘zlashtirishi o‘smirlik yoshining muhim psixologik 
xarakteristikalaridandir. O‘smirlik yoshi 

o‘z hatti
-harakatlarida suyana boshlaydigan 
dunyoqarashning, ma’naviy e’tiqod, prinsip hamda ideallarni baholash mu
lohazalari 
tizimining tarkib topish davridir. Agar bola kichik maktab yoshi davrida kattalarning
o‘qituvchilarning va ota
-
onalarning bevosita ko‘rsatmalari bilan yoki o‘zining tasodifiy, 
impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo‘lsa, endilikda un
in
g uchun o‘z hatti
-
harakatlarining prinsipi, o‘zining qarashlari, e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi 
va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga 
zamin qo‘yiladi.
Avvalo biz so’z boshimizda a
xl
oq so’zi mazmun
-
mohiyati to’g’risida fikr yuritsak “ 
Axloq” ( arabcha –
xulq-
atvor ma’nosini bildiradi)

ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy 
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. 
Axloq-
ma’navi
yatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. 
Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo’lgan 
ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Axloq
-shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali 
jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga 
keltirish uchungina emas, balki ularni uyg’unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni 
boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-
atvorni rag’batlantiri
sh va jazolash. 
Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari
ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi.
Kamolotning krizislar, tanazzullar bosqichi bo’lmish o’smirlik davrida har bir o’smir 
qay usulda axloqiy tajriba orttirishiga, qanaqangi axloqiy faoliyatni amalga oshirishiga qarab 
uning shaxsi ham tarkib topa boshlaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o‘smirlik yoshi 
axloqiy jihatdan intensiv rivojlanish yoshi bo‘lganligi tufayli ko‘pincha o‘smir ongida, 
tarb
iyachi o‘quvchi ongiga singdirmoqchi bo‘lgan hislatlarga qarama
-qarshi axloqiy 
tushunchalar tarkib topishi mumkin. Biz bolani mehnat bilan jazolash mumkinmi, deb tez-tez 
muzokara qilamiz. Bu muammoni o‘smirga nisbatan qo‘yadigan bo‘lsak, u yanada ortiqro

ahamiyat kasb etadi. 
Chunki o‘smirlarda axloqiy maslaklarning ma’lum tizimi ham, shu jumladan mehnatga 
munosabat ham tarkib topa boshlaydi. Ba’zi odamlar mehnat bilan jazolash mumkin deb 
qaraydilar va bu holatni oqlashga harakat qiladilar. Ammo, kishilarg
a va mehnatga bo‘lgan 
munosabat tarkib topa boshlagan o‘smir bu masalani tushunishga urinib ko‘radi. U o‘z 
tajribasidan biladiki, katta kishilar hech qachon biron yaxshi narsa bilan jazolamaydilar. 
Modomiki, jazolar ekanlar, demak biron yoqimsiz narsa bilan jazolaydilar. Agar mehnat bilan 


752

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   820   821   822   823   824   825   826   827   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin