www. kokanduni.uz jazolasalar, unday paytda o‘smirning ongida mehnat qandaydir mudhish faoliyat degan
ma’lum tasavvur yuzaga kela boshlaydi. Biz o‘smirning ongiga mehnat shon
-sharafdir,
mardlik va qahramonlikdir degan tasavvurni singdirishimiz kerak deb hisoblaymiz. Lekin bu
so‘zlar quruq gap bo‘lib qoladi, o‘smirlar ongida boshqa maslaklar mustahkamlanib qoladi.
Psixologlar o‘z oldilariga o‘smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy
tushunchalari va tasavvurlarini o‘rganish va
zi
fasini qo‘yganlar. Psixologik tadqiqotlardan
ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi.
O‘smirlarning ko‘pchilik qismi yoshlariga munosib ma’naviy tushunchalarni to‘gri
tushunadilar. E’tiqod va dunyoqarashning
ta
rkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda
o‘smirlarning axloqiy ideallari xam yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar yetarli darajada chuqur
mazmundor, faoldir va bu ideallar o‘ziga xos axloqiy namuna bo‘lib xizmat qiladi, o‘smir esa
hatti-harakatlarini
ana shu namuna bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o‘smirlar uchun
odatda qandaydir bir kishi ideal bo‘ladi. Bu odam o‘smir yuksak darajada baholaydigan
sifatlarni o‘zida gavdalantirgan bo‘ladi. Ko‘pincha bunday ideal ota
-
onalar, o‘qituvchilar yoki
yaxsh
i ko‘radigan kitobidagi va kinofilmidagi qahramonlardir. Katta yoshdagi o‘smirlarda
ideal sifatlar majmui umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi.
L.N.Desev o‘smirlarning axloqiy tushunchalari mazmunini o‘rganib, ularning axloqiy
kate
goriyalarni tushunishlari ko‘pincha yuzaki formal xarakterga ega ekanligini ko‘rsatib
berdi. Psixologlar bir tomondan o‘smirlarda yuzaga kelayotgan e’tiqodlar, axloqiy g‘oyalar,
tushunchalar va ustanovkalar, ikkinchi tomondan ularning hatti-harakatlari, qiziqishlari, aniq
xulq-
atvorlari o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildilar. A.L.Maliovanov ana shu nuqtai
nazardan o‘smirlarni to‘rt guruhga ajratgan: 1) o‘z hatti
-
harakatlarida ularning o‘zlari
tomonidan yaxshi anglagan ijobiy axloqiy normalarga tayanadig
an, so‘zi bilan ishi o‘rtasida
farq bo‘lmaydigan o‘smirlar; 2) axloqiy tushunchalarning taraqqiyot darajasi pastligi bilan
qiliqlari mos keladigan o‘smirlar; 3) kichkinagina o‘smirlar guruhi hatti
-harakatlarning
axloqiy normalariga doir o‘zining yaxshi b
ilimi bilan ajralib turadi, lekin bu bilimlarga mos
ravishda harakat qilishni o‘ziga lozim deb biladigan; 4) o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axloq
talablari bilan kundalik hatti-
harakatlari o‘rtasidagi aloqani xali ko‘ra olmaydigan,
tushunmaydigan o‘smirlar. Ular
ni
ng ko‘pchiligi ayrim axloqiy kategoriyalarning mazmunini;
yetarli darajada anglamaydilar. Ko‘pgina axloqiy tushunchalarni noto‘g‘ri anglab, shaxsning
ayrim sifatlarini xato tushunib va baholab, qaram bo‘lmaslik va mustaqillikka intilib, o‘z
irodasini ko‘
rs
atishga noto‘g‘ri harakat qilib, ayrim o‘smirlar ba’zan ataylab o‘zlarida ob’ektiv
jihatdan salbiy bo‘lgan sifatlarni rivojlantiradilar va o‘zlaridan ijobiy sifatlarni siqib
chiqaradilar. Tarbiyaning vazifasi mohirlik bilan o‘smirlarning noto‘g‘ri qarash
larini yengish,
ishning mohiyatini tushuntirish va o‘smirlarning adashishlariga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.
Tarbiyaviy tadbirlarni samarali va to’g’ri tashkil etilsagina o’smirni hayotida keskin
o’zgarishlar mavj ura boshlaydi. Ammo, bu ishni zerikarli
q
uruq nasihatgo‘ylik va jonga
tegadigan aql o‘rgatishlar bilan emas, balki samimiy, chin qalbdan va do‘stona olib boriladigan
suhbatlar bilan amalga oshirish kerak. Bu borada har bir fan o‘qituvchilari to‘g‘ri axloqiy
tushunchalarni tarkib toptirishda o‘
z fanlarining imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar jamiyat va shaxs ongida aks etadi. Ikkinchi tomondan,
ma’naviyat sohasidagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarning miqyosiga,
yo‘nalishiga va sur’a
tl
ariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun mamlakatimiz
ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar jamiyatimiz,
ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar ongida o‘z in’ikosini topmoqda. O‘z navbatida
mamalakatimizd
agi islohotlar ko‘lami va sur’atlari ma’naviyatimizning ham tez sur’atlar bilan
rivojlanishini, aksariyat hollarda esa ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojidan ildamroq va oldinroq
yurishini taqozo etmoqda. Bunday vazifani bajarish uchun ma’naviyat yuksalishiga
t
a’sir
o‘tkazishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurati sezilmoqda.