Kokanduni uz


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə849/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   845   846   847   848   849   850   851   852   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
 
1. M. Raxmpiova.Ta’limda diqqatning roli.Toshkent: «O’qituvchi», 1963 y.
2. N. Boymurodov. Amaliy psixologiya. 

Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2008.
3. P. I. Ivanov, M. E. Zufarova. Umumiy psixologiya. 

Toshk
ent: “O`zbekiston faylasuflari 
milliy jamiyati”, 2008.
4. Umumiy-psixologiya. Darslik P.I.Ivanov-M.E.Zufarova-T-2008. 
5. Z.T.Nishonova.Rivojlanish psixologiyasi. 
TOSHKENT: «PRINT 25» 2019.
 

 
 


775
www.
kokanduni.uz 
PEDAGOGIK JARAYONDAGI NIZOLAR VA UNING OLDINI OLISH YO‘LLARI
 
 
Komila Karimova
Bag’dod tumani 55
-
maktab o’qituvchisi
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik faoliyatdagi, shuningdek, jamoalardagi nizolar 
va ularning oldini olish usullari haqida ma'lumot berilgan. Jamiyatdagi nizolar va 
kelishmovchiliklar haqida zarur 
ma’lumot va bilimga ega bo‘lish har bir kishi uchun foydalidir. 
Nizolarni hal etish pedagogik jamoalarning psixologik holatini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi 
kerak. 
Kalit so'zlar:
konflikt, pedagoglar, yo'q qilish, bahslash, tergov, maqsad, psixologik holat. 
Hozirgi kunda nizolarni samarali bartaraf etish pedagogik jamoadagi psixologik muhitni 
emotsional yaxshilashga qaratilganligi, hamkorlikda ishlash samaradorligini oshirishni 
ta’minlash garovi ekanligi hech kimga sir emas. Shu boisdan pedagogik faoliya
tdagi va 
umuman nizolar haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi.
Nizolarni buzg‘unchilik oqibatlarini muvaffaqiyatli hal etish ularni atroflicha o‘rganishni 
talab etadi. Bunga esa jamoani yuqori darajada rivojlanganligi va iliq ijtimoiy psixologik 
muhitga ega bo‘lishi orqali erishiladi. Dastlabki nizo haqidagi konsepsiyalar XIX
-XX asrlarda 
vujudga kelib, asosiy nizo va uning yechimlarini topish 
yo‘llari bo‘yicha qo‘yilgan qadamlar 
o‘tgan asrning oxirlarida salmoqli o‘rin tutadi.
Bugungi kunda psixologiya va ijtimoiy psixologiyada V.O.Ageev (1990), A.A.Bodalev 
(1983), V.I.Juravlev (1983), N.N.Obozov (1979), I.A.Kon (1997), Ya.A.Ansupov, A.I.Shipilov 
(2000), F.M.Borodkin (1989), A.K.Zaysev (1992, 1993), A.G.Zdravomislov (1995) va shu kabi 
boshqalarning tadqiqotlarida nizoning nazariy asoslari yoritiladi. Nizo (lotincha so‘zdan 
olingan bo‘lib, “to‘qnashish” ) –
maqsad, qiziqish pozitsiyalar, fikrlar, qarashlar, kishilarning 
o‘zaro ta’sirlashuvidagi qarama 

qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘qnashishlardan iborat. Har 
qanday nizoning asosida qaysidir ma’noda maqsad va manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat va 
qarama-qarshiliklar yotadi. 
Jamoadagi nizoni tabiatini yoritishdan oldin uning ikkita xarakterli jihatini inobatga 
olishimizga to‘g‘ri keladi. Birinchisi nizo va ikkinchisi nizoli vaziyatdir. Ko‘pgina adabiyotlar 
tahlili asosida nizo bilan nizoli vaziyat ajratib turuvchi quyidagi formulani e’tiborga olish 
muhim deb hisoblaymiz: 
Nizo + Muammo + Nizoli vaziyat + Nizo ishtirokchilari + Insident. 
B
undan ko‘rinyaptiki nizo nizoli vaziyat va u bilan bog‘liq boshqa bir qa
- tor ahamiyatga 
ega elementlarni birlashtirishini guvohi bo‘lish mumkin. Pedagogik jamoadagi n
izolarni tahlil 
etish va uni hal etish zarurat tug‘ilganda nizo tarkibidagi har bir elementni o‘rnini aniq 
baholashga to‘g‘ri keladi. Nizolarni vujudga kelishi va uni oldini olishda yuqorida taqdim 
qilingan formulaga alohida e’tibor qaratish ma’qul. Psixol
ogik muhit guruhiy manfaatlarni 
qondirish, shaxslararo va guruhiy nizolarni hal etishdagi amalga oshirilayotgan muloqotda 
vujudga keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ushbu munosabatlar tafovutli xarakterga egaki, 
ular ba’zan do‘stona, hamkorlik, musobaqa yoki raqobat, hamjihatli yoki uyaltirib qo‘yish, 
qo‘pollik yoki ongli tartib
-intizom tarzida gavdalanadi. Psixologik adabiyotlar tahlilidan kelib 
chiqib aytish mumkinki, ta’lim oluvchilarning o‘zaro ta’sirlashuvi ko‘pchilik holatlarda to‘rtta 
asosiy ta’sir ko‘rsatish usuli orqali amalga oshiriladi: e’tiqod, taqlid, ta’sir, majburlash.
Ta’kidlab
o‘tilgan usullardan ham ma’lumki pedagogik jamoadagi o‘qituvchi va ta’lim 
oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv formalarida ham ular o‘z aksini topishi tabiiy. C
hunki 
ba’zi holatlarda, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan topshiriq va vazifalarning berilishi ta’lim 
oluvchilarning dunyoqarashiga mos kelish va kelmasligiga qarab nizoli holatlarni vujudga 
kelishi tabiiydir. Agar o‘qituvchi shaxsi pedagogik jamaoda yetarlicha mavqeiga ega bo‘lgan 


776

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   845   846   847   848   849   850   851   852   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin