www. kokanduni.uz holda matematik masala tuzilsa, o`quvchi o`z-o`zidan bunga diqqat qaratadi. Bu bilan
o`quvchining diqqatini jalb qilgan holda mavzu materiallari o`rgatiladi.
Keying usul
–
darsni qiziqarli o`yinlar bilan bog`lash. “Ixtiyoriy diqqat, ayniqsa,
o`qitishda katta ahmiyatga ega, dars o`zlashtirish ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Chunki o`qish
nafaqat jiddiy mehnat, balki ko`p mashaqqatli ishdir. Shuning uchun u irodaga suyanadi.
Ammo o`qishni faqat ixtiyoriy diqqat asosidagina o`tkazish o`quvchilarni tez charchatib
qo`yadi. Shu sababli o`qishga qiziqtirish, darsni qiziqar
li qilib o`tish kerak”. Mohir pedagogga
qo`yilgan talablardan biri bu -
dars ma’lumotlarini qiziqarli o`yinlar bilan uyg`unlashtirish.
Agar dars boshidan oxirigacha faqatgina mavzu bayoni bilan o`tadigan bo`lsa, bu hattoki katta
yoshdagi maktab o`quvchilarini ham zeriktirishi, diqqatini chalg`itishi muqarrar. Shuning
uchun o`qituvchi bisotida qiziqarli o`yinlar va metodlar ko`p bo`lishi zarur. Masalan,
oddiygina bor bilan ham qiziqarli o`yin o`tkazish mumkin. O`quvchilardan oddiy tarzda
o`tilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlarni so`rash ancha zerikarli. Buni qiziqarli tarzda
o`tkazish mumkin. Yozuv taxtasiga katta qilib aylana chizamiz va buni qora oyna deb tasavvur
qilamiz. Bu oynaning narigi tomonida barcha bilimlar jamlangan. Oynani sindirish va
bilimlarni chiqarib olish zarur va buni bajarish uchun o`quvchilardan yordam so`raladi. Har
bir o`quvchi bitta ma`lumot aytadi va oynaga “X” belgisini chizadi. Aylana “X”larga to`lgandan
keyin oyna parchalanadi va bilimlar chiqarib olinadi. Bu jarayonda nafaqat o`quvchining
diqqati darsga jamlanadi, balki bilimlari mustahkamlanadi.
3-usul
–
rang-
baranglikka intilish. Ushbu usulni 2 xil ma’noda tushunish mumkin:
1. Dars jarayonida rangli materiallardan foydalanish.
2. Darsda bir xillikdan uzoqlashib, turfa xil metodlardan foydalanish, darsni turli xil
usullarda o`quvchilarga tushuntirish.
Ranglar inson miyasiga juda katta ta`sir qiladi. Agar o`qituvchi mavzu ma`lumotlarini
rangli qog`ozlarga yozib, o`quvchilarga tushuntirsa, ranglar o`quvchi diqqatini o`ziga jalb
qiladi. O`quvchilar avval rangga e’tibor bergan holda, keyin qog`ozdagi ma’lumotlarga
e’tiborini qaratadi, o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan tadqiqotlar natijalarida shunisi aniq
bo`ldiki, ushbu rangli qog`o
zlarga yozilgan ma’lumotlar oq qog`ozga yozilgan ma’lumotlardan
ko`ra ko`proq o`quvchi diqqatini jalb qiladi hamda xotirasida tez va oson saqlanib qoladi.
4-usul
–
rag`batlantirish. O`quvchi rag`batlantirilganda o`z bilimiga ishonch hissi paydo
bo`ladi. Bu tuyg`uning o`rnini keyinchalik darsni o`rganishga bo`lgan ishtiyoq hamda shijoat
egallab oladi. Qarabsizki, o`quvchi maqsadli ravishda darsga diqqat qila boshlaydi.
Rag`batlantirish usuli orqali o`qituvchi dars mobaynida juda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Xulosa o`rnida aytadigan bo
`lsak, diqqat ta’lim
-tarbiya sohasida juda katta ahamiyatga
ega. Chunki fikr yuritish, xotirada saqlash, idrok etish kabi jarayonlarning barchasi diqqat
tufayli sodir bo`ladi. Darsda o`qish materialini muvaffaqiyatli o`zlashtirish, avvalo, diqqat
bilan belgilanadi.