www. kokanduni.uz kinoteatr, makta
b va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi. O’zbekiston mustaqillik
erishga
ndan so’ng, ayollar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratildi. Shunday ayollardan biri,
Djiyanbayeva Raxbarxon. Djiyanbayeva Raxbarxon Xaydarovna O'zbekistondagi birinchi
kimyogar, professor ayol. Bo'lajak professor o'z faoliyatini kimyo fakultetida laborant sifatida
boshlagan. 1957-yilda u aspiranturaga o'qishga kirdi. 1961-yilda nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qildi. Universitetda dars berishni boshladim. 1966-yilda esa Rahbarxon Haydarovna
doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. U 36 yoshda edi.
Tad
qiqotining o‘ziga xosligi va yangiligi Markaziy Osiyo va Qozog‘iston o‘simliklaridan
ajratib olingan tabiiy birikmalar va ularning hosilalaridan reaktiv sifatida foydalanishda
b
o‘ldi.O‘ttizdan ortiq fan nomzodlarini chiqargan. Bugungi kunda uning kafedrasi
bitiruvchilari deyarli barcha viloyat pedagogika institutlarida mehnat qilmoqda.
Zamonamizning yana bir qahramon ayollaridan biri, O
ʻ
zbekistonning birinchi xonimi
Ziroatxon Hos
himova. U Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ziroatxon Toshkent
I
rrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutida tahsil olgan.
Hozirgi kunda esa, “Zamin” xalqaro jamoat fondining vasiylik kengashi raisi sifatida o’z
faolyatini olib boradi. Fondning maqsadi
–
mamlakatning barqaror rivojlanishi va aholi
turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shish. “Zamin” fondining faoliyati uzoq muddatli,
strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalardan iborat 4 yo‘nalishga asosla
ngan: atrof-
muhitni muhofaza qilish yo‘lida hamkorlik; havo ifloslanishini moni
toring qilish, tuproq
unumdorligini tiklash va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab
-
quvvatlash; ijtimoiy rivojlanishga innovatsion ishlanmalarni tatbiq qilish va ijtimoiy sohadagi
loyihalarni moliyalashtirish; eshitish qobiliyati zai
f bolalarning yashash sharoiti va ta’lim
sharoitlarini yaxshilash. Yuqorida sanab o’tgan ayollarimiz o’zlari yashagan davrda, xalqning
ma’naviy jihatan yuksalishiga, ilm
-fanning
rivojlanishiga ulkan hissa qo’shishganlar.
Shubhasiz, bu muvaffaqiyatlar zamir
ida sifatli ta’lim yotadi. Ta’lim sohasi haqida so’z yuritar
ekanmiz, mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Hozirgi kunga kelib, ayol
lar barcha sohalarda ilg’orlar. Xususan, statistik ma’lumotlarga ko’ra,
ilm-fan
, ta’lim
-
tarbiya, madaniyat va san’at sohasida ayollarning ulushi 72 foizni tashkil qiladi.
Ammo bu muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda, ta’lim tizimida, ayniqsa boshlang’ich ta’l
im
tizimida o’z yechimini kutayotgan quydagi muamolar mavjud:
−
umumta`lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-
joyiga qo‘
yish masalalarini hal
etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta`limi
boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
−
umumta`lim muassasalari rahbarlari zimmasig
a ularga xos bo‘lm
agan vazifalar
yuklanish, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq
taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va
parametrlari mavjud emasligi;
−
umumiy o‘rta
ta`limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq
etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quvtarbiya jarayonini uslubiy
ta`minlash masalalarida xalq ta`limi bo‘limlari va umumta`lim muassasalari o‘rtasida o‘zar
o
hamkorlik darajasining pastligi;
−
rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta`lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy
faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi,
nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod
ko‘payib ketganligi;
−
ta`lim sifatini ta`minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini
oshirish masalalarida umumta`lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik
darajasining yetarli darajada ema
sligi, o‘quv
-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik
nazoratining mavjud emasligi;