Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Boqijon To'xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova-
“11
-
sinf Adabiyot darsligi”,
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyoti, Tosh
kent, 2018
2. Grigoriy Petrov-
“Oq nilufarlar yurtida”, “Faktor press”, 2021
3.Turaev Shukhratjon. The role of independent education in teaching physics. Society
and innovations Special Issue -12(2021). 115-121.
4. Siddik Kakhkharovich Kakhkharov, Shukhratjon Farmonovich Turaev, (2021).
Pedagogical and Psychological Aspekts Of Independent Education. The American Journal of
Social Science and Education Innovations,
5. Rahmatov H.H., Ochilova L.T. Mustaqil ta’lim: topshi
riq va tavsiyalar (Boshlang
ʻ
ich
ta’l
im, sporttarbiyaviy ish yo
ʻ
nalishi talabalariga o
ʻqitiladigan “matematika” fani boʻ
yicha
826
www.
kokanduni.uz
LUTFIY IJODIDA HUSNI TA’LIL
Narzullayeva Muxayyo Iftixor qizi
Mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya:
Husni ta’lilga ta’rif, baytlar ostidagi ma’no, badiiy talqin va timsollar,
hayotiy holatlar hamda tabiiy hodisalarga asoslangan husni ta’lil , shubhali chiroyli sabab
Kalit so’zlar:
Shibhi
husni ta’lil, g’ayritabiiy izohlash, go’zal namunalar, husni ta’lil
mohiyati, tashxisga asoslangan husni ta’lil
“Husni ta’lil” arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda
tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sab
ab ko’rsatish san’ati shu nom bilan ataladi.
Agar gumon ma’nosida qo’llanilsa, u holda bu xil sabablar “shibhi husni ta’lil”, ya’ni “shubhali
chiroyli sabab” deb ataladi. Lutfiy ijodidagi
Takror qilur vasfi qading sarv, oning uchun
Ko’p tebranur andoqqi kishilar sabaq ichra
ushbu bayt husni ta’lil namunalaridagi fikrlar qat’iyligi, tabiiy hodisalarning g’ayritabiiy
izohi ayni haqiqatdek ta’kidlangani ko’rinib turadi. She’riyatimizdagi husni ta’lil namunalari
xilma-xil hayotiy holatla
r, tabiiy hodisalarga asoslanadi. Shoirlar ko’pincha samoviy
mavjudotlar holati va harakatini g’ayritabiiy izohlash yo’li bilan husni ta’lil san’atiga xos
lavhalar chizadilar. Misol uchun, quyosh harakatini shu xil tasvirlash vositasida ko’plab
chiroyli baytlar yaratilgan.
Quyosh oydek yuzungning hijlatidin
Qochib to’rtinchi ko’k uzra chiqibtur.
Lutfiy qalamiga mansub bo’lgan
Oy yuzungning hijlatidan gul qizordi, holiyo,
Xanda birl
a o’tka
rur, chun infioli bordirur
baytida gulning qizarib ochilishi hijolatdan yuzi qizorgan va o’zining noqulay ahvolini
yashirish uchun zo’rma
-
zo’raki tabassum qilayotgan odamga qiyoslanib kishini lol qoldiruvchi
tasvir chizilgan. Shoirning:
Hayratda qolib pista og’iz ochtiyu qoldi,
Majlisda chu og’zing soridin kechti hikoyat.
Qomatingning qullug’inda yosh edi, ulg’aydi sarv,
Boshi titrar, emdi hijlattin ani ozod qil.
La’lini
ng shirinligin bir kun bitar erdi qalam,
Boshi zonu ostida qoldi chibinlar ilkidin
kabi baytlarida ham pista, sarv, qalam holatlari husni ta’lil uchun asos bo’lgan. Ba’zan
husni ta’lil san’ati she’riyatimizdagi an’anaga aylagan badi
iy talqinlar, timsollarga asoslanadi.
Kitobxon ana shu xil talqin va timsollardan xabardor bo’lganidagina, husni ta’lil mohiyatini
anglab yetadi. Chunonchi, Lutfiy g’azalidagi
Og’zing o’lturdi tabassum birla bizni, tonmag’il,
Gar kishi o’lturmasa, ul ne uchun pinhon erur
baytidagi husni ta’lilga diqqat qilaylik: shoir mahbubaga murojaat qilar ekan, “Sening
og’zing tabassum qilib bizni o’ldirdi, bundan tonmagin, agar odam o’ldirmasa, nega u
yashirinib yuribdi?” degan fi
krni ba
yon qiladi. She’riyatimizdagi an’anaviy ifodaga aylangan
talqin “ma’shuqa og’zi kichikligidan ko’zga ko’rinmaydi”,
- degan fikrni nazarda tutgandagina
husni ta’lil mazmunini tushunib yetish mumkin. Aks holda, “nega og’iz ko’rinmas ekan, u
mahbuba yuzida ani
q ko’rinib turadiku”,
-
deb qarasak, husni ta’lil o’z qimmatini yo’qotadi,
kitobxon esa uni ilg’ay olmaydi. Lutfiyning:
Zanburi asal og’zi to’la shaxd ekanindin,
|