Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
JOCooper va D.Edge ota-ona. Strategiyalar va ta'lim usullari. Kolumbus, Ogayo:
Charlz E. Merrill, 1981 yil.
2.
J. Xarmer. Ingliz tilini qanday o‘rgatish. Addison Uesli Longman, 1998 yil.
3.
Richards, Jak C. Teodor S. Rodjers. Til o‘rgatishda yondashuv va uslublar . Kembrij.,
2001 yil.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzi
yoyevning Murojaatnomasi . 2017 yil
13 sentyabr.
836
www.
kokanduni.uz
MTT, TARBIYACHI OTA-ONA BILANHAMKORLIKDAGI ISHINING MAZMUNI VA
USULLARI
To'xtasinova Odinaxon Roziqovna
Qo ‘qon davlat pedagogika instituti
magistratura bo‘limi ta’lim va tarbiya nazariyasi
va metod
ikasi (maktabgacha ta’lim) 2
-bosqich magistrati
Annotatsiya:
Maktabgacha ta’lim yosh avlodning porloq kelajagi sari birinchi pog’onasi
bo’lishi mumkin Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning o’sishi va rivojlanishida asosiy rol
o’ynaydi. Maqolada makta
bga
cha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim
-tarbiya berishda
tarbiyachilarining oil
a bilan hamkorlik mazmuni va usullari o’z aksini topgan. MTTning ota
-
onalar bilan hamkorlikdagi ishlarining keng tarqalgan shakllari keltirib o'tilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha
ta’lim tashkiloti, tarbiyachi, oila, uzluksiz ta’lim, hamkorlik
shakllari.
Ta
rbiyada eng muhum vosita bu mehr vosita shirinso‘zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki
vosita bir bo’lib bolani shakillantiradi. Shu jumlada, ta’limni ham g‘azab va jazolash bila
n
a
malga oshirilmagan ma’qul. Zero zo‘rlab berilgan ta’lim bola xotirasida tezda o’chib ketadi.
Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so‘nadi. Bundan ko’rinadiki, ta’limning avvali
ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi. Ma’lumki, insonni voyaga yetishida
uchta omil: nasl, oila,
muhit muhim o‘rin tutadi.
Bu omillarni bir-biridan ajra
tib bo‘lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ana shu uch
omil o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz
ta’limning bosh bo‘g‘ini
hi
soblangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘z o‘rni mavjud.
Maktabgacha t
a’lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli
pedagog bolalar va ularning xatti-
harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo‘lishi
nihoyatda muhim.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila bir
-
biri bilan mustahkam bog‘liq
hamda
ular o‘rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bola shuncha ko‘p yordam oladi
hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lishi ehtimoli ortadi. Mahoratli
pedagog tomonidan MTT hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham
ardog‘ida bo‘lishini ta’minlash uchun butun kuch
-
g‘ayratni ishga solish lozim.
Ba’zan kun tartibi yoki birinchi uchrashuv onalar bilan bo‘lgani sabab erkaklar buishdan
chet
da qolib ketadilar. Otalarning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jar
ayonlarga
qay tarzda ishtirok etishlarini aniqlashtirish, ya’ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat
tayyorlashni biladilar yoki san’atdan mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonani
jihozlashga yordam
berishlari mumkin.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkil
otida psixologik xizmat ham tashkil etilgan
bo‘lib, psixologik xizmat maktabgacha ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxs (pedagog,
bola, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda
yondoshadi. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng
tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
1.Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik tajribalarning
ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy
xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTTlar tajribasida ota-
onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga
|