Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə931/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   927   928   929   930   931   932   933   934   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, syujetli
-rolli 
o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish 
bolani uning uchun 
imkoni bo‘lgan o‘yi
n shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun 
maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni 
ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida 
tarbiyalangan bolalarda 
bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan yuqori.
O‘quv faoliyatining
 mazmunini ilmiy tushunchalar, fan qonuniyatlari va ularga tayangan 
amaliy masalalarni hal etish uslubi tashkil etadi. Shunday qi
lib o‘qish –
bu bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan jarayon
.
O‘quv faoliyati aniq bir tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari quyidagilar: 1) o‘qish 
vaziyati (yoki vazifalari), 2) o‘qish harakati, 3) nazorat, 4) baho.
Katta maktabg
acha yosh davomida bolalarning o‘qishga munosabatida muayyan 
dinamika kuzatiladi. Dastlab ular o‘qishga umumiy holda ijtimoiy
faoliyat sifatida intilishadi. 
Keyin esa ularni o‘quv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat, bola o‘quv faoliyatini
ng 
ichk
i mazmuniga qiziqib, o‘quv
-nazariy vazifalarni aniq-amaliy vazifalarga mustaqil 
o‘zgartiradi. Uning shakllanish 
qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy bolalar va pedagogika 
psixologiyasi 
vazifalaridan 
biridir.
Olti yoshli bola asosan tashqi tomondan yorqi
n va emotsional jihatdan ta’sirli voqea, tasvir, 
hikoyalarni eslab qoladi. Lekin maktab hayoti shundayki, boshidanoq bolalardan materialni 
ixtiyoriy eslab qolish talab etiladi. O‘quvchilar kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini 
maxsus eslab qolishla
ri, keyin esa ularga rioya etishlari lozim. O‘quv materialini eslab qolish 
alohida bilimni talab etadi. Usiz o‘quv xotirasi z
aif va tartibsizligicha qolaveradi. Bola maxsus 
aniqlash, guruhlash va taqqoslashni talab etuvchi narsani bevosita eslab qolishga harakat 
qilayotganida bu «yomon xotira» pand beradi. O‘quv materiali bilan ishlash usullarining 
shakllanishi «yaxshi xotira»ni
yanada samaraliroq tarbiyalash yo‘li sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan oqilona 
foydalanish lozim. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab 
yaratiluvchi 
obrazlar real ob’ektga yaqin tavsiflanadi (detallarga boy bo‘lmagan holda). 6
-
yoshli bola oxiri, keyin esa 7-yoshda ikkinchi bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va 
tarkibiy qismlar miqdori sezi-larli tarzda oshadi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur 6- yoshlilarda barcha faoliyatlarida rivojlanadi. 
Tayyorlov guruh bolalarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini 
ko‘rsatishga harakat qilishi 
- ularda ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim 
psixologik asosdir. 6 yoshdagi 
bolalarning o‘z xatti
-
xarakatlarini ma’lum vazifalarni ado 
etishga buysundira olishlari, tobora kuchayib borayotgan qiziqish va erishgan aqliy taraqqiyot 
darajalari ularni ma’lum ta’limiy dastur asosida tarbiyalash imkonini beradi. Maktabgacha 
ta’limda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat faoliyatining dastlabki 
belgilari xamda bilimga qiziqishni tarkib toptiradi. 
Maktabgacha ta’lim xayotining ko‘p qirrali va sermazmunligi 6 yoshli bolalar bilish 
faoliyatlarining kengayishiga hamda chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy bilish 
jarayonlari bo‘lgan idrok, tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarn
ing xarakterini 
o‘zgartirib yuboradi. Maktabgacha ta’limgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bu jarayonlar 
ularning o‘yin yoki biron amaliy faoliyatlari bilan birga namoyon bo‘ladi. Masalan, kichik 
yoshdagi bolalar biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lib turganlari
da uni idrok qiladilar, ilgari ham 
shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lganlarini eslaydilar va uni analiz va sintez qilib ko‘radilar. 
6 yoshdagi bolalarda esa bu asosiy bilish jarayonlari bir-biridan differensiallashgan 
(ajratilgan) bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi
bola b
iron o‘yin faoliyati yoki biron narsa bilan
mashg‘ul bo‘lishi jarayonidagina emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashq
ari ham biror 
narsa yoki xodisani idrok qilishi, tasavvur etishi, esida olib qolishi, esiga tushunishi hamda 


853

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   927   928   929   930   931   932   933   934   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin