851
www.
kokanduni.uz
KATTA VA TAYYORLOV YOSHDAGI BOLALARNING BILISH JARAYONLARINI
RIVOJLANTIRISH
Sharapova Soxiba
TDPI o’qituvchi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
bilish
qobiliyatlarining yoshga oid rivojlanish xususiyatlari, bolalarda idrok rivojlanishida
muhim yutuqlarga ega
bo’lish
i, hamda bolalarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda
turli
o’yin usullaridan foydalanish masalalari ochib berilgan.
Kalit so
‘
zlar:
Maktabgacha yosh, bilish jarayonlari, qobiliyat, o’yin, psixik rivojlanish,
xulq-atvor, aqliy taraqqiyot, faoliyat
lar, maktabgacha ta’lim.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida oldiga g‘oyat
dolzarb vazifalar belgilandi. Xususan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta’lim
-tarbiya jarayoniga zamonavi
y ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali
pedagog kadrlar bilan t
a’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’l
im muas
sasalari tarmog‘ini kengaytirish masalalari shular
jumlasidandir.
Ja
miyatning hozirgi taraqqiyoti inson faoliyatining ma‘naviy va moddiy sohalarida katta
o’zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bu shaxs omili, uning ijtimoiy
-siyosiy faoliyati rolining
ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Zero, shaxs intellektual qobiliyatini
rivojlantirmay, uni ma‘naviy
-axloqiy tarbiyalamay, shuningdek, imkoniyatlarining yangi
qirralarini to’la ro’yobga chiqarmay turib ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmay
di. Jamiyat
tomonidan shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur
shart-sharoit yaratilar ekan,
o’z navbatida shaxs qobiliyati, imkoniyatlari ana shu jamiyatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy,
ham madaniy jihatdan rivojlanishiga o’z hissasini qo’sha
di. Ayni vaqtda shaxs qobiliyati,
imkoniyatlarini rivojlantirish va uni yag
ona ijtimoiy maqsadga yo’naltirish o’ziga xos
dolzarblik kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: