847
www.
kokanduni.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LUG
‘
ATINI BOYITISH, ULARDA TO
‘
G
‘
RI TALAFFUZ
VA BOG
‘
LANISHLI NUTQNI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI
Rayimova Moxichexra Lutfullo qizi,
Qo’qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
MS 1-21-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning lug
’atlarini metodlari
haqida boyitish haqida muhokama
qilingan. Ayniqsa, bolalarda nutqini o’stirish, ularda to’g’ri
talafuz va bog’lanishli nutqni takomillashtirish metodlaridaga alohida e’tibor berilib, yoritilib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
tevarak-atrof, lug
’at, jonli tabiat hodisalari, lug‘at ishlarining mohiyati,
bolalar lug‘atini
boyitish, bolalar lug‘atini folklor elementlari, ona qizim.
Tevarak-
atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug‘atni o‘zlasht
irish
xususiyatlari. Tevarak-atrof bi
lan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha
tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib
ketadigan
bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi.
Tarbiyachi
bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari)
tanishtirar, ularning bilish faoliyatini
yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har
bir bolaga uning
to‘plagan tajribasini tartibga
solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda
qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobilyatlarini tarbilaydi, o‘zini qurshab turgan olamni
bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Bola nutqining taraqq
iyoti
uning atrofidagi odamlar
nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-
buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq
bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish
xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrl
ar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali
tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi
yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-
3 oylik bo‘lganda kat
ta
kishilarning
gaplariga, tevarak-at
rofdagi g‘ala
-
g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga
qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishlarining mohiyati –
bu til leksikasi sohasida
bolalarning ularga tanish yoki notanish b
o‘lgan, ammo ular
uchun qiyin hisoblangan
so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim
-tarbiya ishlarini
bir tizimga keltirishdan iboratdir. Bolalarni ul
ar o‘z amaliyotida qiyinchilik b
ilan
o‘zlashtiradigan, to‘satdan yok
i umuman tanimaydigan, buzilgan shaklda talaffuz qiladigan
so‘zlar bilan qurollantirish ancha pedagogik sa‘y
-harakatlarni talab qiladi.
Psixologiya, ling-
vistika, fiziologiyaga oid ma‘lumo
tlar turli yosh bosqichlaridagi bolalar uchun ana shunday
so‘zlar doirasini aniqlashga yordam beradi. Bolalar lug‘atini boyitish bir vaqtning o‘zida ularni
atrofdagi borliq olam bilan tanishtirish bilan birgalikda olib boriladi. Tarbiyachi bolaga bir
so‘zni ma‘lum qilish va uning ma‘nosi
ni ochib berish bilan bir vaqtda uni nomi aytilayotgan
narsa yoki hodisaga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.
Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta‘sir qiladi,
unga umumiy ravishda qabul qilingan adabi
y so‘zlar va ifodalarni ma‘lum qiladi, ularni to‘g‘ri
tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini
bartaraf qiladi (ta‘qiqlaydi), ularni adabiy me‘yorlar bilan almashtiradi.
Bola
lar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bi
lan
ham boyitish
darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish,
sahnalashtirish, o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif
qilinadi.