www. kokanduni.uz 6.
Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.
L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasin
i
ilmiy asoslab, ta’riflab bera
olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy ahamiyatga molik
mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali,
bahodi o’rinlar ham
mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi Ilmiy tarixiy
ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va
olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir
.
Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo’lgan davrni o’
z ichiga olib, bu
davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan
tug’iladi. Go’daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni
(kisloro
dga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti
harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi.
Insonga xos bo’lgan xatti
-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos
imkoniy
atlarning borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir.
Agar organiq
ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o’zlarining asosiy bo’lish ahamiyatini
yo’qotadi: to’g’ri Tashqil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natajasida bo
la psixik rivojlanishi
uchun asos bo’ladigan taassurotlarga, harakatta, mul
oqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar
turkumi yuzaga
keladi. Bola tug’ilishning birinchi haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal
suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga,
jumladan, kattalarni
ng tovushlariga e’tibor bera boshlaydi, Yangi tug’ilgan chaqaloqning miya
og’irligi kattalar miyasining ј qismiga to’g’ri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi
kattalarniki ka
bi bo’lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.
Ilk go’daklik
davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal
ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida23 kattalar bilan
munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U atrof
olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, o’larni qandayligini bilishga
intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga
harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emosional munosabatga qirishadi. Go’dak
yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda
qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo’lgan boladan, faol, tez
ilgaydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan
quvonadigan bolaga aylanadi.