www. kokanduni.uz •
O‘zbekistonning bu faoliyatga davlat, ja
moatchilik tashkilotlari, ota-onalarni keng jalb
qilishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning davlat
-jamoatchilik
mexanizmlarini rivojlantirish;
•
mintaqalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, integratsiyalashgan (inklyuziv) ta
’lim
holati va rivojlanish tendensiyalarini monitoring qilish tizimini yaratish;
•
integratsiyalashgan (inklyuziv) ta’lim sohasida o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota
-onalar,
jamoa tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv metodik majmualar va ommabop adabiyotlarni
yaratish;
Imkoniyatlari cheklangan bolalarning, hoh u maxsus maktab, maktabgacha muassasalar
bo‘lsin, hoh umumta’lim muassasalari qoshidagi sinf yoki guruhlar bo‘lsin, hoh uyda ta’lim
olish bo‘lsin –
o‘qitishning barcha shakllari–ta’lim sohasiga jalb qilinishi ma’lum jihatdan
integratsiya jar
ayoni hisoblanadi, chunki o‘qish davrida va undan keyin ham bu bolalar
boshqa bolalar, shu jumladan umumta’lim muassasalarda ta’li
m olayotgan bolalar bilan
o‘zaro muloqotda bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga uyg‘unlashuvi
ta’minlanadi. Biroq, ta’lim olish uchun mos shart
-sharoitlarni tanlash har bir bolaning va ota-
onasinig huquqi hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya mutaxassislari
zimmasiga bolaning ruhiy-
jismoniy holatini o‘rganish va
tashxis qilish vazifasi yuklangan
bo‘lib, bolani har tomonlama tekshirish natijasida bolalarni o‘qitish va ularga mos keladigan
ta’lim sharoitini aniqlashga doir tavsiyalar beriladi. Shunday qilib, o‘ziga xos ehtiyojlari
bo‘lgan bolaning umumta’lim sohasig
a samarali jalb qilinishi uchun quyidagilar zarur:
•
bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korreksion
tadbirlarni erta yoshdan boshlash
•
umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy
-psixologik-pedagogik
kuzatuvni, ya
’ni mutaxassislarning doimiy yordami
ni tashkil etish;
•
ruhiy-
jismoniy rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, imkoniyatlari
cheklangan har bir bolanin
g sog‘lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim olishining zarur
shakllarini tanlashni ta
’minlash[1];
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizku, bolaning ta’lim tizimiga jalb qilinishining biror
ko‘rinishi u uchun oddiy va foydali bo‘lishi darkor, ayni paytda bu inklyuziv ta’lim maromida
rivojlanayotgan tengdoshlarining sifatli ta’lim olishiga ha
laqit bermasligi lozim.