Kalit so’zlar: jismoniy tarbiya, maktabgacha ta’lim tashkiloti, harakat faoliyati,
tarbiyachi, bola, sog‘lomlashtirish.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday
degan edi: “Yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir”. Shundan kelib chiqib,
hozirgi vaqtda O‘zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo‘lgan shakllari
va
usullarini izlab topish, o‘sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch
va qarashlarini shakllantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,
avaylab-asrash
tuyg‘ularini o‘stirishga diqqatini qaratmog‘imiz lozim.O‘zb
ek xalqining ming
yillar davomida yaratgan, avloddan-
avlodga o‘tib kelayotgan ijod boyliklarini to‘plash,
o‘rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy
barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir.O‘zbek xal
q
harakatli o‘yinlari o‘tmishda ajdodlarimizning kundalik turmush
-tarzi nimadan iborat
ekanligini o‘z ichiga olibgina qolmay, maktabgacha ta’lim
-tarbiyada zamonaviy jismoniy
tarbiya madaniyatini shakllantirishda ulkan ahamiyatga egadir.
P.F. Lesgaft bunday
deb yozgan edi: “O‘yinlarda muntazam mashg‘ulotlar chog‘ida
o‘zlashtirib olingan barcha harakatlar qo‘llanadi. Shuning uchun bu yerdagi bajariladigan
xatti
–harakatlarning barchasi shug‘ullanuvchilarning kuchi va mahoratiga to‘la muvofiq
kelishi hamda iloj
i boricha ko‘proq darajada aniqlik va chaqqonlik bilan o‘tkazilishi lozim”
.
Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar qadriyatlarga muhabbat uyg‘otish, xalq an’analarini
avaylab-
asrashga o‘rgatish ko‘p jihatdan o‘zbek xalq milliy o‘yinlarid
an unumli foydalanib
bilishga bog‘liq. Chunki milliy o‘yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa,
ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyatga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish
masalalari ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganilgan. Olimlarning tadqiqotlarida
tarbiyalanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi
aniqlangan.Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos
keladi. Kichik maktab yoshida o‘qish bolaning butun hayot tarzini o‘zgartiradi va unga yangi
talablar qo‘yadi. Chunki bog‘cha yoshida tarbiyalanuvchilarda, asosan nutqining
rivojlanishiga, axloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’t
ibor beriladi. Ularni tarbiyalashda
maxsus tashkil etiladigan o‘yin faoliyati katta o‘rin tutadi. Bolaning rivojlanishi uchun didaktik
ta’lim beruvchi va jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilishga o‘rgatuvchi o‘yinlardan
foydalaniladi. Kichik maktab yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida
tarbiyalanuvchilarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy
madaniyat bilan faol shug‘ullanish uchun juda qulaydir. Manashu jihatdan bolaning aynan shu