www. kokanduni.uz xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy x
alq o‘yinlaridan foydalanish tarbiyada ko‘zlangan
maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.
Bunday
o‘yinlarda
kichkintoylar
mo‘ljal
olishni, izchil
harakat qilishni va muayyan vaqt davomida ish bajarishni
o‘rganadilar.
Harakat faoliyati
tarzidagi harakatli o‘yinlarning muayyan o‘ziga xos xususiyati ham mavjuddir: u boladan
signallarga tez reaksiya berishni ham, o‘yin vaziyatini kutilmaganda o‘zgartirib turishni ham
taqazo etadi . O‘yin chog‘ida vujudga keladigan har turl
i vaziyatlar bolaning harakatlari
harakt
eri va yo‘nalishida zarur o‘zgartirishlar qilishni, uning muskul kuchlarini muayyan
tomonga qarab lozim darajada o‘zgartirish zaruratini vujudga keltiradi.Bunday faol ravishda
amalga oshiriladigan harakatli faoliyat tarbiyalanuvchilarning nerv sistemasini pishitadi,
ulardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirib muvozanatga keltirib
boradi, shuningdek ularda kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgarib turgan atrofdagi shart
-
sharoitlarda mo‘ljal ola bilish, og‘ir vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini
qidirib topish, tez bir
qatorga kelish va uni ijro etish, bunda jasurlik, chaqqonlik, tashabbus ko‘rsatish, maqsadga
erishish yo‘lida harakat qilishning zarur usulini mustaqil ravishda tanlay bilish singari
fazilatl
arni tarbiyalashga yordam beradi.Xalq o‘
yinlarining donoligi shundaki, ularda hozirgi
davrda yosh avlod jismoniy tarbiyasida dolzarb va samarali bo‘lgan vositalar, usullar, shakl va
uslublar saqlanib qolgan.Ushbu ishning dolzarbligi shundaki, so‘nggi yilla
rda ilgari
umume’tirof etilgan ko‘plab madaniy an’analar yo‘qoldi, insonga butun umri davomida
hamroh bo‘lgan ko‘plab marosimlar va urf
-
odatlar o‘tib ketdi. Bugungi kunga qadar ko‘plab
xalq o‘yinlari unutilgan, ularning qoidalari yo‘qolgan.Shu bois ham xalq o‘yinlarini o‘ynash
juda ham muhim masaladir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, ularni qo‘llashda
shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi tarbiyalanuvchilar aniqlikni talab etadigan mayda
harakatlarga qaraganda keng,
kuchli harakatlarga ancha moyil bo‘ladil
ar. Buni
tarbiyalanuvchilar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o‘z
vaqtida ta’kidlagan edi.Umuman bu yoshda tarbiyalanuvchilar juda ham harakatchanligi bilan
ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-
turish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi.Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa, maktab,
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilari sevib, maroq bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar
jismoniy tarbiya darslarida yoki maktab
gacha ta’lim tashkilotlaridagina emas, balki hovlilar
va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynalsa juda yaxshi bo‘lardi.Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ham mashg‘ulotlarni milliy o‘yinlarga bog‘lab tashkillansa , nur ustiga a’lo nur
bo‘lar edi.Shuning uchun xalq milliy harakatli o‘yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati
yanada yaqqol ko‘rinmoqda. Qadriyatlarga e’tibor qaratish Sharq xalqlari madaniyatining juda
ko‘p unsurlarini saqlab qolishga va ulardan am
aliy faoliyatda foydalanishga imkoniyat
yaratiladi. Qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o‘yinlar va milliy bellashuvlar
qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo‘
lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-
rusumlarda va urf-odatla
rda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko‘rsatib
kelgan, mutahkam
o‘rin olgan.Yosh avlodning jismoniy jihatdan to‘kis, sog‘lom, mehnatga va Vatanni himoya
qiluvchi tarzida o‘sishidan xalq ham, jamiy
at ham manfaatdor. Buning uchun maktabgacha
yoshdagi tarb
iyalanuvchilar jismoniy madaniyat bilan chuqur shug‘ullanishlari, turli milliy
o‘yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo‘ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini
yanada kuchaytirish, ularni
o‘z xalqi, mustaqil davlati va jamiyati oldidagi burchin
i his etish
ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan bog‘liqdir.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda quydagi takliflarni berishimiz mumkin.
1.Mashg‘ulotlar davomida xalq milliy o‘yi
nlarini mujassam ettiruvchi faoliyat
ishlanmalar ishlab c
hiqish lozim. Bunda eng xavfsiz o‘yinlarni tanlash va yosh guruhiga
moslash asosiy vazifa hisoblanadi.