Kollejlari uchun o‘quv dasturlarini ixchamlashtirib



Yüklə 12,4 Kb.
tarix18.02.2022
ölçüsü12,4 Kb.
#52800
KIRISH


KIRISH

Insonning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi, farovon yashashi uchun uning salomatligini muhofaza qilish sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga amal qilgan holda kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv dasturlarini ixchamlashtirib tuzish bugungi kun talabidir. Shunday ekan, respublikamiz uchun chuqur bilimli, keng fikrlay oladigan, yetuk o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash tibbiyot kollejlari zimmasiga yuklatiladi.

«Xirurgiya va reanimatsiya asoslarida hamshiralik ishi» fani kundalik turmushimizda uchrab turadigan va, ko‘pincha, xirurgik yo‘l bilan davolanadigan kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, kechishi, davolash, oldini olish, sterilizatsiya, xirurgik infeksiya, qon ketishlar, qon quyish, bemorlarni operatsiyaga tayyorlash, og‘riqsizlantirish, operatsiyadan so‘ng parvarish qilish, desmurgiya va hokazolarga o‘rgatadi.



Reanimatsiya asoslari bo‘limiga reanimatsiya usullari va vazifalari, terminal holatlar, o‘tkir yurak-nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak reanimatsiyasi, koma, shok va o‘tkir zaharlanish, bo‘- g‘ilish hamda intensiv terapiya kiritilgan.

«Xirurgiya va reanimatsiya asoslari» fani boshqa tibbiyot fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, bu fanni anatomiya, farmakologiya, terapiya, hamshiralik ishi, lotin tili hamda tibbiyot terminologiyasi fanlari bilan birgalikda o‘qitish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu darslik barcha yo‘nalishlar uchun mo‘ljallangan, dasturdagi bo‘lim va mavzular juda ixcham, sodda tilda, mutaxassis foydalanishi uchun qulay qilib yozilgan.
Yüklə 12,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin