Bu holat birdan boshlanib, miyaga qon quyilishi bilan kechadi. Bemor behush, savollarga javob bermaydi, harakatsiz. Bemorning yuzi to’q jigarrangda, nafas olishi xirillab, bir lunji yelkan kabi uchib turadi, yuzi qiyshayadi. Qorachiqlari yorug’likka toraymaydi, qo’l-oyoqlari harakatsiz, nimjon, osilgan, qon quyilgan tomonning qarama-qarshi tomonida gemiplegiya (masalan, o’ng tomonga qon quyilsa, chapda gemiplegiya), pay reflekslari 1-soatda mavjud, lekin asta-sekin susayadi. Puls kuchli uradi, 12 soatdan so’ng tana harorati ko’tariladi, meningial koma belgilari paydo bo’ladi. Agar bemorda ko’z soqqalari suza boshlasa, qovoqlar tushsa, nafas buzilsa, qorachiqlar ikki xil bo’lib qolsa, bu juda xavfli vaziyat hisoblanadi.
Shifokor kelguncha: a) bemor xavfsiz joyga chalqancha yotqiziladi;
Shifokor kelguncha: a) bemor xavfsiz joyga chalqancha yotqiziladi;
b) yuqori nafas yo’llari tozalanadi;
d) til tortilishining oldi olinadi;
e) tor kiyimlar yechiladi;
f) qon ketayotgan bo’lsa, to’xtatiladi, bog’lanadi.
Shifokor bo’lmasa: 1). Qon bosimi tushib keta boshlasa, strofantin, 0,05 % 1 ml + glukoza 20 % 20 ml, v/it (bolalarga 0,10,3 ml strofantin + 20 % 10 ml glukoza, v/it).
6). Agar qon bosimi 180/110 mm. sim. ust.dan oshsa, dibazol, 0,5 % 8 ml, v/i (bolalarga 3 ml) yoki dibazol, 1 % 4 ml, v/i (bolalarga 2 ml klofelin 0,01 % 1 ml, v/it).
Eslatma: 1). Agar koma qon bosimining keskin pasayishi bilan kechsa, unday hollarda, v/it 5 % glukoza, poliglukin, reapoliglukin, natriy xlorid 0,9 % 200 ml + noradrenalin 1 ml 0,2 % qo’shib yuboriladi. 2). Yoki mezaton 1 % 1 ml + glukoza 5 %, 20 %, 40 % 1020 ml qoshib, v/i.