Shifokor kelguncha: Bemorni chalqancha yotqizib, iloji boricha zudlik bilan kasalxonaga yetkazish lozim:
1) buning vaqtincha iloji bo’lmasa, bemorni alohida xonaga yotqizib parvarishni boshlash kerak;
2) iloji bolsa, ensefalitga qarshi emlangan bemor qonidan tayyorlangan gammaglobulin 3 kun davomida 69 ml, m/o; Bemorning ahvoli juda og’ir bo’lsa, 6 ml.dan 2 mahal, m/o. Agar bemorda isitma qaytalansa, gammaglobulin yuborish takrorlanadi;
3) ensefalitga qarshi immunoglobulin birinchi kuni 3 ml 2 marta, m/o. O’rtacha og’irlikdagi turida 6 ml. dan, og’ir turida 12 ml.dan har 12 soatda, m/o. So’ngra 3 ml.dan qilinadi;
4) ribonukleaza + 0,9 % 200 ml natriy xlorid, 45 kun 30 ml.dan, m/o har 4 soatda;
5) magniy sulfat, 25 % 10 ml, m/o;
6) laziks, 1 % 2 ml yoki uregit (4060 mg), m/o;
7) prednizolon 12 ml, m/o;
8) talvasa boshlansa, 2,5 % 1 ml aminazin + 2,5 % 1 ml dimedrol + novokain 2 ml, m/o;
9) nafas olish buzilsa, korsatma bilan lobelin yoki sititon, m/o.
2-guruh komalari:
1.Gipoglikemik koma
Sabablari: qandli diabetda insulinni ko’p qilish, gipotireoz, alkogol bilan zaharlanish, meda osti bezi o’smasi.
Belgilari: koma holati birdan boshlanadi, bemor kuchli ochqaydi, terlaydi, rangi oqaradi, boshi og’riydi, qaltiraydi, agressiv bo’ladi. Puls tezlashadi, qon bosimi 100/60 mm.sim.ust.gacha, nafas yuzaki, tezlashgan. Bitta narsa ikkita bo’lib ko’rinadi. Qonda qand miqdori 2,58 mmol/l. gacha yoki keskin pasayadi.
Tez yordam choralari
Tez yordam choralari
Shifokor kelguncha: 1). Bemorni iloji boricha tez yotqizib, tinchlantirish kerak.
5). Bemor behush bo’lsa, v/i, 40 ml 40 % li glukoza (10 ml / 1-daqiqaga). Bolalarga 1020 ml, v/i. Agar bemor o’ziga kelmasa, yana 40 % 40 ml glukoza, v/i. ga sekin oqizib yuboriladi.
6). Agar bu ham yordam bermasa, m/o, 1 mg glukogen yuboriladi, bunda bemor ko’pincha 510 daqiqada hushiga keladi.
7). Bemor o’ziga kelgandan keyin yengil ovqat beriladi.