6. Eklamptik koma - Sabablari: homiladorlikning kechki og’ir gestozlarida uchraydi. Asosan, og’ir eklampsiya xurujidan keyin homilador ayol koma holatiga tushadi.
- Belgilari: bemor qo’zg’alish yoki karaxtlik holatida, qusishi mumkin, qon bosimining ko’tarilishi 180/140 mm.sim.ust.gacha va undan ham baland ko’tarilishi, shishlarning kuchayishi kuzatiladi.
- Hushdan ketish, ixtiyorsiz peshob va axlat ajralishi bo’lishi mumkin. Puls qattiq, nafas olish xirillab, uzuq-uzuq holda, tana harorati normada.
Tez yordam choralari Shifokor kelguncha: - Tez yordam choralari Shifokor kelguncha:
- 1). Bemor xavfsiz qorong’i joyga yotqiziladi.
- 2). Nafas yo’llari shilimshiq moddalardan tozalanadi.
- 3). Tishlar orasiga lattaga o’ralgan plastmassa tayoqcha kiritiladi.
- 4). Tor kiyimlar yechiladi.
- Shifokor bo’lmasa:
- 1). Magneziy sulfat 25 % 210 ml, m/o (isitgich qo’yiladi). 2). Kalsiy xlor 10 % 10 ml, v/i.
- 3). Droperidol 0,25 % 23 ml, m/o, relanium 0,51 ml.
- 4). Seduksin 2 ml, m/o.
- 5). No-shpa 2 % 2 ml, m/o.
- 6). Kislorod terapiya.
7. Xlorgidropenik koma - Sabablari: har xil kasalliklarda ko’p qusish natijasida yuzaga keladi.
- Belgilari: charchoq, nimjonlik, chanqash, ich ketishi, siydik kamayishi, teri qurishi.
- Koma holati: nafas olish yuzaki, tez. Puls tez, kichik. Qon bosimi 80/40 mm.sim.ust.gacha pasayadi. Bemorning atrof-muhitga qiziqishi yo’qoladi. Talvasa boshlanadi. Hushdan ketadi. Tez yordam choralari Shifokor kelguncha:
- 1). Asesol, Disol, Trisol v/it (bolalarga 15 ml/kg.v.v/i).
- 2). Kordiamin 2 ml (bolalarga 0,10,75 ml), t/o, yoki 10 20 % kofein 2 ml, t/o (bolalarga 0,1 ml 0,75 ml).
- 3). Yurak glikozidlari, vitaminlar, kokarboksilaza, ATF korsatmaga binoan.
- 4). Kuzatuv.
8. Jigar komasi - Sabablari: virusli gepatit, jigar distrofiyasi, sirroz, zaharlanishlar, o’t yo’llari kasalliklari.
- Belgilari: bosh og’rishi, qayt qilish, ishtaha buzilishi, teri sargayishi va qichishishi, uyqusizlik, ozib ketish, tana harorati o’rta, puls tezlashadi.
- Koma holati: bemorning birdan ahvoli o’zgarib, qusadi, boshi og’riydi, ichi ketadi, alahsiraydi, ko’rish yomonlashadi, hushdan ketadi, nafas olishi shovqinli, teriga qizil toshmalar toshadi, burun, ichak, siydik yo’llaridan qon ketishi mumkin. Talvasa tutadi. Og’izdan jigar hidi kelib turadi.
Dostları ilə paylaş: |