Ko’makchi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/4
tarix12.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#154927
1   2   3   4
Yordamchi so\'z turkumlari slayd taqdimot

Bog’lovchilar

  • Gapda mustaqil so’zlarni yoki qo’shma gap qismlarini biriktirish uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchilar deyiladi.
  • Bog’lovchilar grammatik jihatdan o’zgarmaydi va u leksik ma’no ham ifodalamaydi.
  • O’zbek tilida bog’lovchilar yakka yoki takroriy qo’llaniladi. Shunga ko’ra ular ikki turga bo’linadi:
  • 1)Yakka bog’lovchilar .
  • 2Takroriy bog’lovchilar.

Yakka bog’lovchilar

  • Bu bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llaniladi:va,hamda,ammo,lekin,biroq,balki, holbuki,vaholanki,yoki,gar,agar,agarda,basharti,chunki,garchi,go’yo,go’yoki,-ki,-kim kabilar.Masalan:Derazam tomon qo’l uzaldi,lekin taqqillatmadi.(T.Malik)

Takroriy bog’lovchilar

  • Bular bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda takrorlanib keladi:dam…,dam,ba’zan…,ba’zan,ham…,ham,yoki…,yoki,goh…,goh;
  • Masalan:Jamiyatda ham tabiiy,ham hayotiy,ham siyosiy jumboqlar favqulodda ko’p sodir bo’ladi. Goh kulib, goh kuldirib yurardi.
  • Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi.
  • 1) Teng bog’lovchilar
  • 2) Ergashtiruvchi bog’lovchilar

Teng bog’lovchilar

  • Bunday bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalaydi.Gapning uyushgan bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi gaplarni bog’lashga xizmat qiladi.Masalan:Havo sokin va iliq edi. Unutilmas damlar yetib keldi va biz o’z qahramonlarimz betiga dadil qaramoqdamiz.(Oybek)

Biriktiruvchi bog’lovchilar

  • Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini,qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplarni bir-biriga bog’laydi.O’zbek tilida bunday bog’lovchilarning eng aktiv qo’llanuvchisi va bog’lovchisidir.Masalan:Uni yosh va bo’ronli qalbi olib ketdi,olis shaharlarga.(A.Oripov)

Zidlovchi bog’lovchilar

  • Bunday bog’lovchilarga lekin,ammo,biroq,balki,holbuki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar sodda gaplar va bog’langan qo’shma gaplarda qo’llanib,hodisa,ish –harakat yoki biror predmetni boshqasiga zid qo’yadi va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildiradi.Masalan:Havo bulut bo’ldi,lekin yomg’ir yog’madi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin