Bular agar,agarda,modomiki,mabodo,basharti,garchi,agarchi,garchand kabilardir. Bu bog’lovchilar shart va to’siqsiz ergash gaplarni bosh gapga bog’laydi.Masalan:Agar kishining hayoti biror maqsad,biror g’oya uchun kurash bilan o’tsa,bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak.
Yuklama
Ayrim so’z yoki gapda qo’shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1) Affiks yuklama(affiks holiga kelib qolgan yuklamalar);
2)So’z yuklama (so’z holidagi yuklamalar).
Hozirgi o’zbek tilida gapga yoki ayrim so’zlarga beradigan qo’shimcha ma’nolariga ko’ra yuklamalarni quyidagi guruhlarga bo’lamiz:
1) So’roq va taajjub yuklamalari;
2) Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari;
3) Ayiruv va chegaralov yuklamalari;
4) Aniqlov yuklamasi;
5) Gumon yuklamasi;
6) Inkor yuklamasi;
So’roq va taajjub yuklamalari
(-mi,-chi,-a,-ya,) so’zlarga yoki gaplarga qo’shilib kelib asosan gapni so’roq gapga aylantiradi va emotsional ma’no qo’shadi: bugun uchrashuv bo’ladimi? Bugun uchrashuvga chiqmaysizmi?
So’z ma’nosini kuchaytirish va ta’kidlash uchun xizmat qiladi:Baxt so’zi shunchalik azizki,unga mehnat ahli inqilob tufayli erishdi.(G’.G’ulom)
Ayiruv va chegaralov yuklamalari
(-gina,-kina,-qina,faqat) turli so’z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko’rsatish va ma’no jihatidan ajratish uchun xizmat qiladi:Hamma keldi,faqat Dilmurod kelmadi.Yolg’iz ugina odamlarga qo’shilmas edi.(A.Oripov)
Aniqlov yuklamalari
Xuddi,naq yuklamalari o’zi mansub bo’lgan so’zning ma’nosini aniqlab ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
O’g’li otasining xuddi o’zi.Majlisda naq ko’ngildagi gaplar gapirildi.
Gumon yuklamasi
Bu –dir yuklamasi bo’lib,gumon,noaniqlik ma’nosini ifodalaydi:Hozir u shaharga kirib borgandir.
Inkor yuklamasi
Inkor yuklamasi (na…,na) uyushiq bo’laklar va qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo’lishsizga aylantiradi. Inkor gapli gap bo’laklari va gaplar oldidan kelganda, bo’lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi: Na ufq o’ramay yotiq –zar,na bulut silkinmay oltin par,Tong kulmasdan burun Jontemir, Quyuq bir zavq bilan turadi.(Uyg’un)