Bu bog’lovchilar uyushgan gap bo’laklarini yoki qo’shma gaplarning qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi.Ayiruvchi bog’lovchilarga :yo,yoki(yoinki),yoxud,yo…,yo,dam…,dam,bir…,bir,xoh…,xoh kabi bog’lovchilar kiradi.Masalan:Bir-ikki she’r yoxud bir drama asar yozib adabiyotning butun masalasini tushundim,deb da’vo qiluvchi kishilar ham yo’q emas.(N.Safarov)
Ergashtiruvchi bog’lovchi
Ergashtiruvchi bog’lovchilar –ki(-kim),chunki,shuning uchun,go’yo,go’yoki,toki,agar,garchi(agarchi),basharti,ya’ni kabilar bo’lib,qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar grammatik aloqalarni ifodalashi va ma’nolariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Bular chunki,shuning uchun,negaki,zeroki,nainki kabilardir.Bu bog’lovchilar, asosan,sabab ergash fapni bosh gapga bog’lashga xizmat qiladi:Samimiy aytilgan so’z sodda bo’ladi,chunki dilning hukmronligi tildan ustun bo’ladi.
Chog’ishtiruvchi bog’lovchilari
Bular go’yo,go’yoki kabilardir.
Bu bog’lovchilar voqea- hodisa va narsalarni o’zaro o’xshatish,chog’ishtirish yo’li bilan turli grammatik aloqalarni bildiradi.
Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan,go’yoki kechaning o’zi kuylaydi.
Maqsad bog’lovchisi
Bu toki bog’lovchisi bo’lib, maqsad ergash gapni bosh gapga bog’laydi.Qo’shiqni bahuzur aytib ishlay ber,toki hamma bahramand bo’lsin.