Kombinatorika elementlari


Misollarni yechishga harakat qiling va bilimingizni mustahkamlang



Yüklə 122,2 Kb.
səhifə7/7
tarix10.05.2022
ölçüsü122,2 Kb.
#57419
1   2   3   4   5   6   7
Hujjat

Misollarni yechishga harakat qiling va bilimingizni mustahkamlang

1.3.14. X =a,b,c,d to`plam elementlaridan uzunligi 2 ga teng barcha kortejlarni tuzing. Bu kortejlar kombinatorikada nima deyiladi? Kortejlar soni qancha bo`ladi?

1.3.15. 4 ta turli lavozimga nomzodlari ko`rsatilgan 9 kishidan 4 kishini necha xil usul bilan saylash mumkin?

1.3.16. 9-sinfda 35 o`quvchi bor. Ular bir – birlari bilan suratlarini almashishdi. Hamma surat almashinshlar soni nechta?

1.3.17. Sinfdagi 40 ta o`quvchidan necha xil usul bilan sinf faollarini; sinfkomni, tozalik rahbarini va devoriy gazeta muharririni tayinlash mumkin?

1.3.18. 1,2,3,4,5 raqamlardan foydalanib nechta raqamlari turli bo’lgan 3 xonali son yozish mumkin.

1.3.19. Talaba 4 ta imtihonni 6 kunda topshirishi kerak. Buni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?

1.3.20. 12 musobaqadosh o`rtasida birinchi, ikkinchi va uchinchi mukofotlar necha xil usulda taqsimlanishi mumkin?

1.3.21. Har birida ikkitadan element bo`lgan 110 ta o`rinlashtirishni nechta har xil narsadan tuzish mumkin?

1.3.22. Agar A5n =18×A4n-2 bo`lsa n ni toping.

1.3.23. 7 xonali 107 ta telefon nomerlarini qanday qismi 7 ta har xil raqamdan iborat bo`ladi?

1.3.24. 0,1,2,3,4 raqamlaridan foydalanib nechta raqamlari turli bo’lgan 2 xonali son yozish mumkin.

1.3.25. Musobaqada 8 kishi qatnashmoqda 1-2-3- o’rinlarni aniqlash usullari sonini toping?

1.3.26. 2,4,6,8, raqamlardan foydalanib nechta 3 xonali son yozish mumkin. 3 xonali sonda bir xil raqamlar qaytarilishi ham mumkin.

1.3.27. 1,4,3,8,6 raqamlaridan foydalanib nechta raqamlari turli bo’lgan 3 xonali toq son yozish mumkin.

1.3.28. 2,7,4 raqamlardan foydalanib nechta 3 xonali juft son yozish mumkin. 3 xonali sonda bir xil raqamlar qaytarilishi ham mumkin.

1.3.29. 3,7.9,6,1 raqamlaridan foydalanib nechta raqamlari turli bo’lgan 2 xonali son yozish mumkin.

1.3.30. Agar:

a) A=1; b) A=7;8; v) A=a;b;c; g) A=m;n;p;q bo`lsa, A to`plam elementlaridan mumkin bo`lgan barcha o`rin almashtirishlarni tuzing.

1.3.31 . Ifodaning qiymatini toping:

! !!

a) b) ! v) g) ! d) ! e)

1.3.32 . Musobaqada 6 ta talaba qatnashmoqda. O`rinlarni ular o`rtasida necha xil usul bilan taqsimlash mumkin?

1.3.33. Kasrni qisqartiring:



a) n! b) (n2)! v) (n1)! g) 2k(2k1)! (k N)

(n1)! n! (n3)! 2k!

1.3.34. 0, 1, 2, 3, 4 raqamlardan foydalanib, nechta besh xonali son hosil qilish mumkin? Bunda raqamlar besh xonali sonda bir marta ishlatilishi kerak.

1.3.35. 7 ta o`quvchi ro`yxatini necha xil usul bilan tuzish mumkin?

1.3.36. 0, 1, 2, 3 raqamlaridan, har bir sonda bir xil raqamlar bo`lmaydigan qilib, mumkin bo`lgan barcha to`rt xonali sonlar tuzilgan. Nechta son hosil bo`lgan?

1.3.36. 5 ga karrali nechta 5 xonali son bor?

1.3.37. 1,1,1,2 raqamlardan foydalangan holda nechta 4 xonali toq son yozish mumkin?

1.3.38. 2, 1, 2, 3 raqamlaridan mumkin bo`lgan barcha to`rt xonali sonlar tuzilgan. Nechta son hosil bo`lgan?

1.3.39. 1,1,1,2,3 raqamlardan foydalangan holda nechta 5 xonali toq son yozish mumkin?

1.3.40. 2, 3, 3, 3, 3 raqamlaridan mumkin bo`lgan barcha besh xonali sonlar tuzilgan. Nechta son hosil bo`lgan?



1.3.41. 2, 4, 6 raqamlaridan bir xil raqamlar ham mavjud bo’lgan barcha besh xonali sonlar tuzilgan. Nechta son hosil bo`lgan?
Yüklə 122,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin