MA\'NAVIYAT VA MAFKURANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA KOMIL INSONNI kopiya
1.2.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida komil insonni tarbiyalash g‘oyalari
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o'z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida ekanligini ta'kidlar ekan, avvalo, yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o'qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog'liqligini nazarda tutadi. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab etishtirishda o'qituvchining o'rni beqiyosdir.
I.Karimov o'zining qator nutqlari va asarlarida ta'lim-tarbiya masalalariga to'xtalganda, o'qituvchini ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida jamiyatimizda ta'lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yaqindan bog'lanmaganligi sabablaridan biri-o'qituvchiga borib taqalishini aytib o'tadi: «Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy ta'lim berish ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.
Mening fikrimcha, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu erda. O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo, zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak».
Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchining o'zi avvalambor, zamonaviy bilim bilan qurollangan bo'lishi lozim.
Ma'lumki, boshlang`ich sinflarda bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoniga eng yetuk, tajribali murabbiylarni jalb etish lozim.
I.Karimov o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» (1992), «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Millatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» (1998), «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» (1998), «Ma'naviy yuksalish yo'lida» (1998), («O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) kabi nutq va asarlarida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta'kidlab o'tadi. Bu jarayonda esa o'qituvchi-o'quvchi munosabatini o'zgartirish talab etiladi. I.Karimov: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar kerak», - deb ta'kidlaydi. Maktablarimizda o'quvchilar mustaqil fikrlashga o'rgatilishi, o'qituvchi-o'quvchi munosa-batidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi lozimliligini uqtiradi.
Bugungi kunda o'qituvchiga qo'yilayotgan muhim talablardan biri, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo'llash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi»gi Qonunining 5-moddasida «...tegishli ma`lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega» ekanligi aytiladi. Mazkur qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kun talablariga ko'ra o'qituvchiga qo'yilgan talablar ham kengayib, murakkablashib bormoqda. XXI asrda o'qituvchidan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab etiladi.
Shunday qilib, kadrlar tayyorlash milliy modelida o'qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o'rniga obektiv baho berilgan bo'lishiga qaramasdan, ta'lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish lozim, ta'lim-tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarga muntazam javob izlash zaruriyati mavjudligicha qoladi va asrlar osha mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan «komil inson tarbiyasi» g'oyalariga hamohang ravishda rivojlantiriladi.
Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori.
Hozirgi yangilanayotgan jamiyatda ta’lim va tarbiyani tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biriga aylandi.
Mustaqil Respublikamizda shunday ulkan vazifa hal etilayotgan bir sharoitda ta’lim – taobiyani jahon andozalari darajasiga kо‘tarish pedagog olimlar, о‘qituvchi va tarbiyachilar oldiga hal etilishi zarur bо‘lgan vazifalarni qо‘ymoqda.
Mamlakatimizda ana shu haqiqatni anglab ish olib borilmoqda. Maktab sohasida «Ta’lim haqida» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni qabul qildik.
1996-1997- о‘quv yilidan boshlab maktablarning 1- sinflarida о‘qishlar yangi alifboda olib borilmoqda.
Yangi imlo, alifboda о‘qitish uchun zarur dastur, qо‘llanma va darsliklar yaratildi.
Birinchi prezdentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek,
«Shu bois mamlakatimizning istiqlol yо‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, Milliy ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon ta’lablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va kо‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda».