Birinchidan, bu – dunyoga antropotsentrizm nuqtai nazaridan qarashda kо‘rinadi. YA’ni insonni «olam mehvari» deb bilish, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, о‘zgarish-yangila-nishlarni insonda mushohada etish va inson oraqli tushuntirish. Tabiatdagi jamiki ichki ziddiyat va rivojlanish, о‘sish-ulg‘ayish ruhning mо‘jizalari insonda bor, deb ta’riflaydi Jaloliddin rumiy «Masnavii ma’naviy» asarida. Shu kabi Olamni va Odamni yaratgan Parvardigor javhari, ismlari, qudrati va mohiyatini anglash ham inson ruhi xususiyatlarini о‘rganish va anglash bilan amalga oshadi.
Ikkinchidan, Parvardigorni va Uning qudrati, mо‘jizalari, g‘ayb olamini faqat aql bilan bilib bо‘lmaydi. Men «faqat» sо‘-zining ostiga chizib ta’kidladim. Chunki ba’zi ishlarda tasavufning bilish nazariyasi bо‘lgan irfon ilmni irrotsionalizm yoxud mistika deb ta’riflash rasm bо‘lib kelmoqda. Tо‘g‘ri, tasavvufda irrotsional (vajdiy) bilish yetakchilik qiladi. Ammo, bu tasavvufda aql butunlay inkor etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi. Biroq aqliy bilimlar, dalil bilan isbotlanishi mumkin bо‘lgan bilimlarga yaraydi, g‘ayb ilmini idrok etishga esa aql ojiz, deydi sо‘fiylar. G‘ayb ilmi, Xudovand olamidagi behad-behudud ilmlarni sо‘fiy alohida hissiy-vajdiy tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab idrok etadi. Shu bois tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga alohida e’tibor beriladi.
Xuddi shu yerda tasavvufdagi uchinchi о‘ziga xoslik kelib chiqadi. YA’ni aqliy taraqqiyot, bor bilimlarni egallash bilan qanoatlanmasdan, balki ruhni chiniqtirib, qalbni musaffolash orqali cheksiz kamolotga intilish, о‘z-о‘zini takomillashtirish, yangi-yangi maqomlar-martabalarni egallab borish. Bu esa faqat nazariy tayyorgarlik, ta’lim-tahsil bilan bо‘lmaydi, buning uchun muayyan ruhiy-ma’naviy yо‘l-tariqatni bosib о‘tish, qattiq va qat’iy cheklanish va marhumliklarni boshdan kechirish lozim, deydi sо‘fiylar. Shunday qilinmasa, ruh tana ustidan, nafs ustidan, tabiat ustidan g‘olib bо‘lolmaydi. Inson о‘z asli bо‘lmish Mutlaq ruh holatiga yaqinlashish, Uning vasliga yetishish uchun ham shunday qilishi kerak.
Shunday qilib, komillik sari intilish, farishta xususiyatini kasb eta borish va undan-da о‘zib ketish keng targ‘ib qilinadi. Buning amaliy odobi, rasmu rusumi, kodekslari ishlab chiqilib, bular tariqat degan tushunchada jamlandi.
Kо‘rinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Tariqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya’ni solih kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zо‘rlik, inqilob yо‘li bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli yetish mumkin, deb hisoblagan.
Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam bо‘ldi. Bu ehtiyoj, orzu kuchli zavq va ishtiyoqni, о‘zini unutish va bexudlikka olib borgan ishqni keltirib chiqaradi.
Demak, tо‘rtinchi xususiyat – tasavvufda Ilohiy ishq orqa-li poklanish va pok Parvardigor vasliga yetishish g‘oyasidir (ya’ni Inson va Ilohning qorishib, qо‘shilib ketishi g‘oyasi). Parvardigor – bir ideal, Uning olami Mutlaq poklik olami. Shuning uchun inson ham batamom pok bо‘lgandagina bu olamga erisha oladi. Pok bо‘lish uchun esa qalbda shu poklik timsoli ulug‘ Tangriga behudud va ado bо‘lmas muhabbat bо‘lishi kerak. Bu muhabbat mavhum bir tuyg‘u emas. Balki Iloh yaratgan moddiy olamdagi gо‘zallik – Ilohning kamoli va jamoli aks etgan narsalar va Uning gultoji insonga muhabbat orqali boradi. Shu tariqa dunyoviylik bilan ilohiylik о‘zaro bog‘lanadi. Shunisi ham borki, ilohiy muhabbat – bu irfoniy bir tuyg‘u, ya’ni bilish zavqi, anglash zavqidan, g‘oyaga, ma’rifatga aylanish zavqidan boshqa narsa emas. Sо‘fiy muhabbat otashida yonib, gо‘yo moddiylikdan qutulib, yaxlit bir g‘oya – bir ma’rifat parchasiga aylanadi. Shunday qilib, agar tasavvufga shu nuqtai nazardan ta’rif bermoqchi bо‘lsak, unda: «tasavvuf ishq otashida tug‘ilgan tug‘yonli tafakkurdir» degan jumla hosil bо‘ladi. Demak, bunda ham insonni – olam mehvari deb qarash о‘z mohiyati bilan namoyon bо‘lmoqda. Zero, ishqiy tafakkur suratdan mohiyatga qarab borish, ruhning noma’lum jilolari, manzaralarini kashf etishga yetaklaydi. Bejiz emaski, hozirgi g‘arb faylasuflarida kо‘rinadigan psixologik bilimlar majmui (psixoanaliz, parapsixologiya, ekzistensializm) kо‘p jihatlari bilan orif sufiylar va F. Attor, J. Rumiy, Ibn Arabiy kabi mutafakkirlarning fikrlarini eslatib turadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga, o’z takdirini o’zi belgilashga, o’z hayotini o’zi izga bo’lishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, bu dunyoning shiddatli muammolar buroni qarshisida dovdirab qolmaydi. Ana shu oddiy hayotiy haqiqatni davlat mustaqilligiga ham qiyoslash mumkin. Ma’naviy madaniyat tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib insoniyat o‘z-o‘zini, avlodlarini saqlab qolishda, hayotda paydo bo‘lib turadigan ijtimoiy –ma’naviy inqirozlarni engib, yangi sharoitlar yaratishda va uni o‘rganishda, taraqqiyot yo‘llariga o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘llarini kashf etishda xizmat qiladigan bilim, tajriba, dunyoqarash, an’analar va urf-odatlar majmuini ifodalaydi. Ma’naviy madaniyat ilm-fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, diniy marosimlar, diniy adabiyot, san’at kabi ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning zohiriy va botiniy ma’naviyati, ruhiyati olamidir. YUqoridagilar ma’naviy madaniyatning inson va jamiyat faoliyatida namoyon bo‘luvchi ko‘rinish va shakllaridir.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas.
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarash mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks ettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Dostları ilə paylaş: |