Kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 428,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.05.2023
ölçüsü428,76 Kb.
#118262
1   2   3   4   5   6   7   8
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

Umumiy qoidalar
1. Hujjatlarni konservatsiya qilish saqlash tartibi, stabilizatsiya qilish, restavratsiya 
qilish va nusxalar tayyorlash orqali ularning butligini taminlaydi.
2. Hujjatlarning noyobligi, tarixiy-madaniy ahamiyati, holati va ulardan tez-tez 
foydalanishga muvofiq ustuvorligini belgilagan holda hujjatlar konservatsiya 
qilinadi. 
3. Hujjatlar konservatsiyasini maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxslar bajaradi.




Hujjatlarni saqlash tartibi 
1. Hujjatlarni saqlash tartibi yorug’lik, harorat-namlik va sanitariya-gigiyena 
tartiblarining normative parametrlarini saqlashni taminlaydi. 
2. Yorug’likda saqlash tartibi 
3. Hujjatlar qrong’ulikda yoki tarqoq yorug’lik bilan yoritilgan holda saqlanadi. 
Hujjatlarni quyoshning tik nurlari bilan yoritilishuga yo’l qo’yilmaydi. 
4. Saqlash chog’ida hujjatlar yuzasida yoritilganlik normasi 75 lk dan, ko’rgazmaga 
qo’yilganda ko’rik paytida 150 lk dan ko’p bo’lmaydi.
5. Yorug’lik manbalari to’lqin uzunligi 400 hm dank nm bo’lmagan va 760 nm dan 
ko’p bo’lmagan optic nurlanishni taminlashi kerak. 
6. 2-5 bo’yicha normalarga rioya etish yopiq holda ishlangan yoritgichlardan 
foydalanish va har xil turdagi yorug’likdan himoyalovchi qurilmalarni qo’llash 
orqali taminlanadi 
7. Yoritish uchun ultrabinafsha nurlanishdan himoyalovchi va issiqlik yutuvchi filtrli 
lampalar yoki optik-tolali yoritish tizimlaridan foydalanish kerak. 
8. Yoritgichlardan hujjat yuzasigacha bo’lgan masofa 0.5 m dank am bo’lmaydi. 
9. Yoritkichlarning konstruksiyasi yong’in jihatidan xavfsiz bo’lishi va lampaning 
tushib ketishi va mexanik shikastlanishdan saqlashi kerak. 
10. Ko’rgazmaga qo’yilgan vaqtda yorug’lik asboblarini vitrina ichiga o’rnatishga yo’l 
qo’yilmaydi. Keluvchilar yo’qligida vitrinalari yorug’li o’tkazmaydigan pardalar 
bilan yopiladi.Ikkita yonma-yon standart kitob javonlarini yoritish uchun alohida 
uzgich o’rnatiladi. 
11. Hujjatlar saqlanadigan xonaga kirishdan oldin barcha yoritish manbalari va elektr 
uskunalari o’chirilganligini ko’rsatuvchi indikatorli uzgich o’rnatiladi. 
12. Harorat-namlik tarkibi Saqlanadigan joyda havo erkin aylanishi, havo oqimi 
to’xtab qoladigan zonalarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
13. Hujjatlar saqlanadigan xonalarda havo harorati 18°C,nisbiy namlik 55 foiz, 
pergament va teriga yozilgan hujjatlar uchun havoning nisbiy namligi 60 foiz. 



14. Harorat-namlik tartibi havoni konditsiyalash tizimi yoki isitish-shamollatish
vositalari yordamida tartibga solinadi. Bir soatda havoni almashtirish karraliligi: 
oqim-1,0, havoni tortib chiqarish-1,0. 
15. Havoni konditsiyalash va kiruvchi chiquvchi shamollatish tizimlari bilan 
jihozlanmagan, omborxona uchun mo’ljallangan xonalarda havo harorati va 
namligi ratsional ravishda shamollatish, isitish va nazorat-o’lchov asboblarining 
ko’rsatkichlariga amal qilinib, texnik vositalarni qo’llagan holda normaga 
keltiriladi. 
16. Havoning harorati va anmligi haftada ikki-uch martta kecha kunduzning bir 
vaqtida, tartib buzilgan hollarda –har kuni nazorat qilinadi va qayd etiladi. 
17. O’lchov asboblari har bir xonaning asosiy yo’lagida joylashtiriladi.va har bir 
tarafida isitish va shamollatish tizimlaridan uzoqda, poldan (1,4±0,1) m masofada 
joylashtiriladi.
18. Hujjatlar saqlanadigan yopiq javonlar va seyflar haftada kamida bir martta 
shamollatiladi. 
19. Bir xonadan harorat va namlik parametrlar bilan farqlanadigan boshqa xonaga 
joylashtiriladigan hujjatlar iqlimga moslashtiriladi 
20. O’lchov asboblari ularda qo’yiladigan texnik talablarga muvofiq qiyoslanadi. 
21. Sanitariya gigiyena tartibi..
Aralashmaning nomi 
Oltingugurt angidridi 
Azot ikki oksidi 
Xlor 
Chang 
(konsentratsiyasi mg/m³) 
Maksimal bir kunlik 
0,500 
0,085 
0,100 
0,500 
(konsentratsiya mg/m³) 
O’rtacha bir kecha kunlik 
0,05 
0,04 
0,03 
0,15 



Qurum 
Havodagi moddalar 
0,150 
0,500 
0,05 
0,05 
22. Hujjatlar saqlanadigan xonadagi havoning sifati muntazam ravishda tekshiriladi. 
Hujjatlar saqlanadigan xonaning havosi tarkibida zararli aralashmalar miqdorini 
baholash metodlari ГОСТ 12.1.014ga muvofiq. 
23. Hujjatlar saqlanadigan xonalarga hujjatlar bilan ishlashga taalluqli bo’lmagan 
predmetlarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
24. Yangi kelib tushgan hujjatlar tekshiriladi va zarur bo’lsa gigiyenik va (yoki) 
dezinfeksiya ishlovi beriladi.
25. Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilingan xonada tekshiruvdan o’tkaziladi, 
tozalanadi va vaqtincha saqlanadi. 
26. Bir-ikki yilda kamida bir martta gigiyenik ishlov beriladi. 
27. Mikrologik va entomologik nazorat fondlarni bir yilda ikki martta, zarurat bo’lsa 
tez-tez tekshiruvdan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 
28. Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilinadi, maxsus xonada dezinfeksiya va (yoki) 
dezinfeksiyasi o’tkaziladi. 
29. Fondning dezinfeksiyasi va (yoki) dezinfeksiyasi hujjatlarning ommaviy biologic 
zararlanganda va (yoki) interyer predmetlari va xonaning konstruksiya elementlari 
shikastlanganda o’tkaziladi. 

Yüklə 428,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin