3
Respublikamizda axborot asrida yuz berayotgan o’zgarishlar, kishilarimizning
dunyo axborot olamiga kirishga bo’lgan intilishlari, qiziqish va talablarning tobora ortib
borishi tasirida milliy axborot
tizimini shakllantirish, axborotga bo’lgan talab va
ehtiyojlarni qondirish jarayonini sifat jihatdan yanada takomillashtirish borasida
davlatimizning bir qator qonuniy hujjatlari e’lon qilindi va hayotga tadbiq etildi.
Kutubxonachilik ishi sohasini tubdan o’zgartirishga asos bo’lgan O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-
kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining maqsadi o’sib
kelayotgan yosh avlodning intellectual
ehtiyojlarini qondirishga, ma’daniy, ma’naviy,
axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan yangi axborot-kutubxona
muassasalarini barpo etish bilan aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan
ta’minlash uchun shart sharoitlar yaratishga qaratildi. Qarorda mavjud kutubxonalar
negizida yangidan tashkil etilgan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining
vazifalari belgilab berildi. Ta’lim muassasalarining o’quv kutubxonalari negizida tashkil
topgan axborot-resurs markazlarinig vazifasi o’quvchilarning
hamda aholi turli
qatlamlarining muntazam ta’lim olishini va mustaqil o’qishni tashkil etishda zamonaviy
axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni
keng ko’lamda targ’ib qilish, xalqning ma’daniy tarixiy merosidan bahramand bo’lishni
taminlash, yangi axborot texnologiyalari asosida yaratilgan electron malumotlar
bazalari, internet resurslari bilan aholiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatish, barcha
talim tarbiya, axborot organlari bilan hamkorlikda ish olib boorish deb belgilandi.
Bundan tashqari milliy kutubxonani ham yanada shakllantirish, kitoblarni, kutubxonada
mavjud barcha resurslarni to’g’ri saqlash,
ularni joylashtirish, fondda qulayliklar
yaratish, kutubxonada mavjud resurslarni belgilagan muddatda ko’zdan kechirib ularni
restavratsiya qilish kabi muammolar ham ko’rib chiqildi. Quyida kutubxonada mavjud
hujjatlar(resusrslar)ni qanday saqlash, fondni to’g’ri himoya
qila olish shartlarini
keltirib o’tiladi. Fondni saqlashda davlatlararo standartlar belgilangan. Ushbu
standartdan foydalangan holda fondni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumotga
4
ega bo’lamiz. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida
olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga
bo‘linadi. Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib,
uning mohiyatini kuzatish
orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish
mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin.
Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy
va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi.
Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham
fondni saqlash kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz
tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini
uzoq vaqt asl holida
saqlab, avlodlarga yetkazish bizning burchimiz sanaladi.
Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy
ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNYeSKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan
hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul
qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy
boyliklar qatori kutubxona
fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish
xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni
asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi.