11
shikastlanishga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi
birikmalardan foydalangan holda bajariladi. Mexanik omillarga nisbatan hujjatlarni
stabilizatsiya qilish yuqoridagilar bo’yicha oldindan ishlov berilgan holda fazali saqlash,
inkapsulyatsiya va montaj qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlarni restavratsiya qilish
Hujjatlash dastlabki shaklini qayta tiklash, tozalash va zaruriylik va yetarlilik
prinsiplariga rioya qilgan holda, mustahkamlash orqali restavratsiya qilinadi. Kiritmalar
tashqi belgilari va materialiga ko’ra axborot eltuvchiga mos kelishi, shunigdek hujjatning
uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlashi kerak. laminatsiya metodi orqali restavratsiya
qilishdan oldin yuqoridagilarga muvofiq hujjatni stabilizatsiya qilish shart. Pergamentdagi
hujjatlar uzoqdan namlantirish metodi orqali uning namlik metodini tiklash orqali
restavratsiya qilinadi.
Hujjatlarni nusxalarini tayyorlash
Hujjatlar nusxalarini tayyorlash foto-, mikro-, kseronusxa qilish metodlari orqali
hamda electron texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Nusxalarning
ekzemplyarlar soni ГОСТ 7.65 ga muvofiq. Foto-, mikro-, kseronusxa metodlari orqali
hujjatlarning nusxalarini tayyorlash bir marttadan oshmasligi kerak. keyin nusxa olish
nusxadan amalga oshiriladi. Nusxa olishda hujjatlarning mexanik shikastlanishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: