12
shuningdek suvni texnologik chiqarish quvurlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Hujjatlar
saqlanadigan xonalar ustida, tagida va ular bilan tutash bo’lgan, ventilyatsiya uskunasini
o’rnatish uchun mo’ljallangan xonalar, vibratsiya manbalari hisoblangan nasos qurilmali
boyler, compressor, sovutuvchi va boshqa mashinalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Hujjatlar ularni saqlash tartibini taminlovchi texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda
saqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, iqlimga moslashtirish va dezinfeksiya
qilish uchun izolyatsiya qilingan maxsus xonalardan foydalaniladi. Bino va xonalar
favqulodda vaziyatlar yuzaga keladigan xonalarda ГОСТ 12.1.004 bo’yicha maxsus
vositalar bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan har bir xonada
favqulodda vaziyatlar
yuzaga kelgan hollarda xodimlar va hujjatlarni tezkor evakuatsiya qilish rejasi bo’lishi
lozim. Hujjatlar saqlanadigan xona va binolar yong’in va qo’riqlash signalizatsiyasi hamda
yong’in o’chirish tizimi bilan jihozlanadi. Yong’in xavfsizligini taminlash uchun oqimli-
tortuvchi shamollatish, havoni konditiyalash tizimini avtomat tarzda o’chishi va tugun
chiqarib tashlash tizimining ulanishi nazarda tutilishi kerak. avariya chiqish yo’llari
ichkarida oson ochilishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonaning har bir bo’limi
aloqa
vositalari bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan xonalar metall va yog’och statsionar va
ko’chma yong’inga qarshi biologik himoyalangan stellajlar, javon hamda seyflar bilan
jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan kutubxona uskunasi zararsiz qoplamaga ega bo’lishi
kerak. stellyajlar deraza o’rnatiladigan joy va issiqlik tizimi elementlari bo’lgan devorlarga
nisbatan perpendikulyar ravishda deraza va issiqlik manbalaridan 0,6 m dan kam
bo’lmagan masofada o’rnatiladi. Xonalar konstruksiyasi stellaj va elementlari yo’laklar
bilan bo’linadi. Yo’lak quyidagi kenglikdan kam bo’masligi kerak:
Stellajlar orasi-0,75 m;
Stellajlar qirralari orasi (asosiy yo’lak)-1,20 m;
Devor va devorga parallel stellaj orasi-0,75m;
Devor va stellaj orasi -0,45m;
13
Poldan stellajning pastki tochkasigacha bo’lgan masofa 0,15 m.dan kam,
sokol
qavatlarda 0,30 m dank am bo’lmasligi kerak.
Hujjatlarni joylashtirish
Hujjatlar tokchadan oson olinadigan qilib joylashtiriladi. Erkin joylashtirishda kitob
ushlab turuvchi moslamalardan foydalaniladi.
Fazali saqlashda joylashtirish va to’ldirish zichligi konteynerlarning erkin
harakatlanishi ni ta’minlashi kerak. Hujjatlardan tokchagacha bo’lgan masofa 0.02
metrdan kam bo’lmasligi kerak. Hujjatlar stellajlarda, javonlarda va seyflarda gorizontal
yoki verktikal holatda saqlanadi. Xalqaro standartga muvofiq muqovalangan hujjatlar
pastki qismda verktikal holatda saqlanadi. ГОСТ 9254 ga muvofiq o'lchamdagi gazetalar
va balandligi bo’yicha 0.41 metrdan oshib ketuvchi nostandart o’lchamdagi hujjatlar
gorizontal holatda saqlanadi. Uyum balandligi 0.20 metrdan ko’p bo’lmasligi kerak.
Hujjatlar stellaj tokchasi chegarasidan chiqib turmasligi kerak. Ko’chma stellajlarda
ixcham saqlanadiganhujjatlar format bo’yicha joylashtiriladi.
Hujjatning kengligi bir
tomonlama joylashtirishda 0.20m.dan oshmasligi va ikki tomonlama joylashtirishda -0.42
m.dan oshmasligi kerak. Kichik hajm va (yoki) formatdagi hujjatlar, shuningdek o’ramlar,
tikilishi shart bo’lmagan hujjatlar, nodir, pergament qo’lyozmalar turli ko’rinish, shakl va
o’lchamdagi konteynerlarda saqlanadi. Hujjatlar saqlanadigan konteynerlar zararsiz
materiallardan tayyorlanadi. Hujjatlarni transport qilinadigan idishda, shtabellarda
saqlash, polga,
deraza oldida, zina maydonchasiga va ushbu maqsadlar uchun
mo’ljallanmagan boshqa joylarga taxlash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: