Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


-rasm. Kredit portfelini sifatini boshqarish tizimi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
1-rasm. Kredit portfelini sifatini boshqarish tizimi
10
 
Tijorat banklari kredit portfelini tashkil qilishda va uni takomillashtirish 
masalalarida hukumatimiz va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 
qonunchilik bazasi va qonunosti hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Bularga 
quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin: 

“Markaziy bank to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; 

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuni; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-
yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlarni sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan 
10
Гребеник Т. В Управление качеством кредитного портфеля коммерческого банка в период посткризисного 
развития: Иқтисод фаналри номзоди … Дис.//-М.: 2014й 214б. 
Kredit portfelini sifat jihatdan boshqarish 
tizimi 
Tamoyillari
Mexanizmlari
Bosqichlari
Asosiy 
Qo‘shimcha 
Muhimlilik; 
Qobilayatlilik; 
Tenglilik; 
Yo‘nalishlarni 
aniqlash; 
Egiluvchanlikel
astiklik; 
Maqsadlilik; 
Komplekslilik; 
Bosqichlilik; 
Tahlilning 
to‘liqliligi; 
Oshkoralik; 
Uzluksizlilik; 
Ketma-ketlilik; 
Tamoyillar 
dinamikasi; 
Boshqarish metodlari
Boshqarish 
instrumentlari; 
Kadrlar ta’minoti; 
Texnologiya 
ta’minoti; 
Ma’lumot kanallari; 
Me’yoriy-huquqiy 
ta’minoti; 
Qabul qilingan kredit 
qarorlari; 
Kredit portfelini 
tuzilishi; 
Kredit olganlarni 
monitoring qilish; 
Kreditni sifat jihatdan 
kategoriyasini 
aniqlash; 
Kredit portfeli sifatini 
baholash; 
Monitoring natijalari 
axborotlarini tahlil 
qilish va 
umumlashtirish; 
Kredit portfeli sifatini 
boshqarishda chora-
tadbirlar ishlab 
chiqishni 
takomillashtirish; 


yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan 
foydalanish to‘g‘risida” gi Nizom; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016yil 22-fevralda “ 
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 
Nizom; 

“Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi 
to‘g‘irisida” gi 2017-yil 27-dekabr Nizom; 

“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon 
xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar 
berish tartibi to‘g‘risida” gi 2017-yil 20-martdagi 2344-sonli Nizom; 

“Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi 2011-yil 25-maydagi 2229-sonli Nizom; 

“Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi 2005-yil 
20- avgustdagi Nizom; 

“Tijorat banklari tomonidan to‘qimachilik korxonalariga paxta tolasini 
sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanam mablag‘larini to‘ldirishda 
revolver kreditlari berish tartibi to‘g‘risida” gi 2007-yil 25-avgustdagi 1704-sonli 
Nizom; 

“Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari tomonidan milliy 
valutada kreditlash tartibi to‘g‘risida” gi 2002-yil 18-apreldagi Nizom va shu kabi 
boshqa qonunosti hujjatlarni aytishimiz mumkin. 
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy 
yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish 
tartibi to'g‘risidagi nizomga qisqacha izoh berib o‘tadigan bo‘lsak. 
Mazkur 
Nizom 
O'zbekiston 
Respublikasining 
“O'zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to'g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati 
to'g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to'g‘risida”gi qonunlari va O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ–2344-sonli “Tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini 


rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarida 
aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash 
uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 
Mazkur nizomda tijorat banklarining aktivlar holatiga sifat jihatdan baho 
berishda va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish 
hamda ushbu zaxiralardan foydalanishda qo‘llaniladi.
Ushbu nizomga asosan tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari 
sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim. 
Hisobotlarning haqqoniy bo'lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari 
vaaksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni 
chalg‘itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo'lmagan, 
nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi. 
Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan 
muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy 
bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank 
talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan 
bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos 
bo'ladi. 
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish 
foizidan ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish 
jarayonining bo'shligini bildiruvchi ko'rsatkich hisoblanadi
11

Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g‘risidagi 
nizomga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Mazkur Nizom "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g‘risida" 
va "Banklar va bank faoliyati to'g‘risida"gi Qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan 
bo'lib, u tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilab 
beradi. 
11
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-yilda tasdiqlangan 2696-sonli“ Aktivlarni 
sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida” gi Nizomi. 


Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan 
farq qiladi. Mazkur bo'lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat'i nazar 
kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo'lgan umumiy masalalar ro'yxatini belgilab 
beradi.Bunda kredit siyosatining yo'nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi 
va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o'rtasidagi nisbat, moliyaviy 
axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning 
qaytarilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. 
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo'ladi: 
uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini 
ta'minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat 
va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, 
hududning kreditlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish.Kreditlashning strategik 
yo'nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi
12

Yuqoridagi qonunchilik bazasi orqali banklar kredit portfelini tashkil 
qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishlari kerak: 

kredit risklari darajasini inobatga olgan holda kreditlarning sifatini 
baxolash me'zonlarini tanlash; 

ular asosida kreditning sifatini baxolash usullarini ishlab chiqish, 
ssudalarning asosiy guruhlarini, ularning foiz stavkalar asosida baholash; 

kredit xatarini prognoz qilish maqsadida qarz oluvchining kreditga 
layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvoli o'zgarishi ehtimolini aniqlash; 

kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligini va 
daromadliligini ta'minlash; 

har bir kredit guruhi bo'yicha risk foizi darajasini aniqlash

har bir kredit va bank bo'yicha kredit riskining absolyut summasini 
aniqlash; 

tegishli ma'lumotlar asosida kreditlar bo'yicha zararlarni qoplash 
uchun yetarli rezerv summasini ajratish; 
12
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-fevralda tasdiqlangan “ Tijorat banklari kredit 
siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” gi Nizomi. 



koeffitsientlar bo'yicha kredit portfelining sifatiga baho berish; 

kredit portfelining tarkibini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqish zarur. 
Kredit portfelini boshqarish bank tomonidan kredit portfeli tarkibi va uning 
sifat tarkibi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirishni taqozo etadi, ya'ni bank 
doimiy ravishda kredit portfelini monitoring qilib borishi lozim. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin