133 deb hisoblar edi Golbax. Sezgi, uning fikricha, miyada sodir bo'ladigan farq
qiluvchi o'zgarishlardir, ong esa bu o'zgarishlarni idrok qilishdir.
Gelvetsiy o'zining “Aql haqida” asarida aql bizning sezgilarimizning
yig'indisi deb ta'kidlaydi.
Fransuz materialistlari haqiqat va uning mezoni masalasi bilan ham alohida
shug'ullanganlar. Haqiqat, ularning ta'limotiga ko'ra, fikrlar, g'oyalarning
predmetlari va ular orasidagi bog'lanishlarga doimiy mos kelishidan iborat. Ular
haqiqatning mutlaq va nisbiy tomonlarini hisobga olmadilar.
Inson fikri va g'oyalarining manbai tashqi dunyo ekanligi nuqtai nazaridan
turib, fransuz faylasuflari Dekartning “tug'ma g'oyalar” nazariyasini har
tomonlama tanqid qildilar. Ular kishilarda hech qanday «tug'ma g'oyalarning»
bo'lishi mumkin emas, chunki har qanday fikr va g'oya tashqi dunyoning inson
miyasiga ta'siridan keyingina hosil bo'ladi, deb hisoblar edilar.
Fransuz mutafakkirlari izchil determinist edilar, ularcha, olamda birorta
sababsiz voqea, hodisa mavjud emas. Ular ob'ektiv olamda faqat zaruriyat mavjud
deb tasodifni butunlay rad etdilar. P.Golbaxning fikricha, tabiatda hech narsa
tasodifiy yuz bermaydi, undagi hamma hodisa ma'lum bir qonunga amal qiladi, bu
qonun ma'lum oqibatining sababiy va zaruriy bog'lanishidan iborat. Tabiatdagi
butun voqea, hodisalar oldindan belgilangan, boshqacha tarzda bo'lishi mumkin
emas, inson zaruriyatning qulidir, u hayotda bir daqiqa ham erkin emas. Ularning
bu fikrlari taqdirga tan berishga olib keladi.
Fransuz materialistlari o'zlarining ko'pgina asarlarida dinga qarshi chiqib,
uning mohiyati, jamiyatda tutgan o'rni haqida bir qancha fikrlarni bayon etadilar.
Ularning fikricha, din odamlarga tabiat, jamiyat haqida to'g'ri tasavvur hosil
qilishga, ijtimoiy adolatsizliklarning haqiqiy mohiyati, sababini anglashga, uni
bartaraf etish yo'llarini bilib olishga yo'l qo'ymaydi. Shu bilan birga, din
mehnatkashlarni qullikka va och-yalang'ochlikka mahkum etadigan podsho
hokimiyatini qo’llab-quvvatlaydi. Ular din peshvolarini tanqid qilib, kishilarning
qo'l-oyog'ini kishanlab qo'ygan din zanjirlarini parchalab, insoniy, ijodiy