Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   466
TATU Falsafa

135
 
kelishtirishdan hamda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan falsafiy oqimlarni bir 
sistemada birga qo'shishdan iboratdir. Uning falsafasini ikki: tanqidiy falsafagacha 
bo'lgan (XVIII asrning 70 yillarigacha), tanqidiy falsafa davriga bo'lish mumkin. 
Kant o'z falsafasining dastlabki davrlarida asosan tabiatshunoslikning falsafiy 
masalalari bilan shug'ullandi. U 1785 yilda yozgan eng yirik asari «Butun umumiy 
tabiiy tarix va osmon nazariyasi»da Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang'ich 
katta tumanlikning aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiqqan, deb 
hisoblaydi. Bu jarayonning sababi «dastlabki turtki» emas, balki o'zaro tortilish va 
itarilish orasidagi ziddiyatdir. Shu sababli Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar, 
jumladan Yer ham Kant ta'limotiga ko'ra, uzoq davom etgan tabiiy tarixiy 
taraqqiyotning mahsulidir. Kantning bu xulosasi uning tabiat hodisalarini dialektik 
tarzda tushunganligidan dalolat beradi. Lekin u ilmiy materialistik qarashlarini din 
bilan bog'lashni lozim topdi. Uningcha, tabiat hodisalarining ma'lum tartibiga, 
muayyan qonuniyatga bo'ysinishida Xudoning karomati bor. 
XVIII asrning 70 yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri 
boshlanadi va «Sof aqlni tanqid» (1781y.), «Prolegomenlar» (1783y.), 
«Muhokama qobiliyatini tanqid» (1790 y.) kabi asarlarida o'zining transtsendantal 
yoki tanqidiy idealizm sistemasini asoslaydi. Bu asarlarida u o'z e'tiborini 
insonning bilish qobiliyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratib, ob'ektiv 
reallikning mavjudligini e'tirof etadi va uni «narsa o'zida» deb ataydi. Lekin 
uningcha, «narsa o'zida»ni bilish mumkin emas. 
Kantning fikricha, «narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqari mavjud
biroq ular nimadan iborat ekanligini biz bilmaymiz va hech qachon bila olmaymiz 
ham…Biz ob'ektlarni bizning sezgilarimizga qanday tuyulsa shunday bilishimiz 
mumkin, ammo aslida ular qanday, buni biz bila olmaymiz». 
Kant inson bilimini ikki guruhga ajratadi: 1. Tajriba asosida hosil bo'ladigan 
bilimlar (aposteriori). 2. Tajribagacha yoki unga bog'liq bo'lmagan bilimlar 
(apriori). Fazo, vaqt, sababiyat kabi tushunchalar aprior bilimlar shakli bo'lib, bular 
tajriba natijasida hosil qilinadigan bilimlardan ustun turadi. Tajribaviy bilimlar 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin