131 Berkli materiyani, ob'ektiv reallikni butunlay tan olmay, men qabul etadigan
butun hissiy tasavvurlarni menda moddiy predmetlar emas, balki ruh paydo qiladi,
shu ruh esa Xudolar degan edi. U materiya tushunchasini ichki tomondan ziddiyatli
va bilish uchun befoyda deb tanqid qiladi.
Berkli Lokkning birlamchi va ikkilamchi sifatlar to'g'risidagi g'oyasini rad
qilib, barcha sifatlarni sub'ektiv deb e'lon qiladi. U fanning dunyoqarashidagi
ahamiyatini inkor qilib, olamning vazifasi «hamma narsani, faqatgina jismoniy
sabablar bilan izohlashni da'vo qilmasdan, balki yaratuvchining tilini o'rganib
olishdan iborat», deb hisoblardi.
Sub'ektiv idealizmning yana bir yirik vakili
David Yum (1711-1776 yy.)dir.
U ob'ektiv reallikning mavjudligiga shubha bilan qarovchi skeptitsizmning
asoschilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Uning nuqtai-nazaricha, dunyo qonunlari
sub'ektiv xususiyatga ega bo'lib, bizning odatlarimizga bog'liq, sababiyat va
zaruriyat sezgilarimizning tartibidan, ketma-ketlikdan boshqa narsa emas. Shunday
qilib, Yum skeptitsizmni agnostitsizmning turlaridan biri sifatida moddiy dunyo
qonunlarini bilishni inkor qiladi va fan taraqqiyotini cheklashga harakat qiladi.
Yum ob'ektiv olamning mavjudligi yoki mavjud emasligi degan masalani hal
qilinmaydigan masala, deb hisoblardi. Bilimning vazifasini Yum borliqni
payqashda deb emas, balki amaliy hayot uchun qo'llanma bo'lish qobiliyatida deb
bilardi. Uning fikricha, ishonchli bilimning yagona predmeti matematika
ob'ektlaridir; tadqiqotning boshqa hamma predmetlari mantiqiy jihatdan isbotlab
bo'lmaydigan asoslarga taalluqlidir, ular faqat tajribadan xulosa qilib chiqariladi,
ammo Yum tajribani idealistlarcha tushunib, voqelik faqat “tasavvurlar” oqimidir,
ularning sabablari noma'lum va ularni payqab bo'lmaydi,- der edi.
Etika masalasida Yum utilitarizm nazariyasini rivojlantirdi, foydalilikni aql-
odob mezoni deb e'lon qildi. Din falsafasida u, koinotdagi tartibot sabablarining
aql bilan bir qadar o'xshashligi bor degan faraz bilan cheklandi, lekin shu bilan
birga xudo haqidagi har qanday diniy va falsafiy ta'limotni rad qildi, u tarixiy
tajribaga asoslanib, dinning axloq-odobga va fuqarolik hayotiga ta'sirini zararli deb